So’nggi yangiliklar

09:37Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?   0 09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  3 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  111 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  9 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10

"Futbolchilar ko'p yillik shartnoma imzolashga qo'rqishmoqda". Bahrom Haydarov bilan suhbat Yangiliklar

"Futbolchilar ko'p yillik shartnoma imzolashga qo'rqishmoqda". Bahrom Haydarov bilan suhbat

Termizning "Surxon" jamoasi kechadan boshlab Toshkentdagi yig'inning ikkinchi qismini boshladi.

Jamoa azolari poytaxtimizdagi "NBU-Osiyo" stadionida tiklanish mashqlarini olib borishmoqda. Bu yildan etiboran ko'proq mahalliy futbolchilarga etibor qaratayotgan klubning Superligadagi natijalari barqaror emas. Turnir jadvalining so'ngi pog'onalarida ketayotgani muxlislarni xavotirga solayotgani turgan gap. Biz bu borada jamoa murabbiyi Bahrom Haydarovni suhbatga chorladik.

- "Surxon"ning mahalliy yoshlarga etibor qaratayotgani tahsinga loyiq. Lekin faqat mahalliy futbolchilar bilan Superligada barqaror ishtirok etish qiyin. Buni natijalar ham aytib turibdi...

- Klubni siyosati sekin-asta shunga qarab ketyapti. Lekin aynan mahalliy futbolchilarning o'zi bilan jamoa shakllantirish qiyin. Bilasiz, bu yildan tarkibimiz yangitdan tuzildi. Qishda ko'p futbolchilar jamoani tark etishdi. Hozirda tarkibimizda boshqa jamoalardan taklif qilingan o'yinchilar ham bor. Eng katta vazifalarimizdan biri ahli jamoa tashkil qilish edi. Hozirgi kundan bir oila sifatida barcha-birini qo'llab-quvvatlamoqda. Natijalarga kelsak, uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rilmoqda. Biroq qaysidir uchrashuvlarda mahorat va tajriba etishmayapti. Pro ligada to'p tepgan, Superligada esa kam imkoniyat berilganlarga o'yin amaliyoti bermoqdamiz. O'yindan o'yinga harakatlariga qo'shib borishyapti. Bu yuzaga chiqmoqda. O'rtoqlik o'yinlarida, kubok bahslarida, Superligadagi uchrashuvlarda o'yinimiz sifati oshib borayotgani sezildi. Ishlashdan to'xtamaymiz, oldinga intilishda davom etamiz.

- Aksariyat klublarda tizim bo'lmaganligi uchun yoki shartnomalar muddati bir yillik ekanligi bois har mavsum jamoa yangilanadi.11ta futbolchi keladi, 11ta futbolchi ketadi. Sizning mazkur holatga munosabatingiz qanday?
- Moliyaviy tomondan yaxshi klublarimiz, deylik "Paxtakor", AGMK, "So'g'diyona" futbolchi bilan 2-3 yillik shartnoma tuzishadi. Masalan Jizzax jamoasini olsak, bejiz ular yaxshi natija ko'rsatayotgani yo'q. Tarkibni o'zagini saqlab qolayotgani hisobiga chempionatda barqaror ishtirok etib kelmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz ham shunday. Surxondaryolik futbolchilardan jamoa tuzishimizni sababi, aksariyat holatlarda ozroq pul bo'lsa ham o'zining viloyati jamoasida o'ynagisi keladi. SHuni o'ylagan holda ko'proq mahalliy futbolchilarga etibor qaratmoqdamiz. Mana joriy yildan bir yillik emas, uzog'i bilan 2-3 yillik shartnomalar tuzish boshlandi. PFLda ham ko'p bor aytildi. Biroq hali hamma jamoalarimiz bunga tayyor emas. Sekinlik bilan bunga erishilyapti. 7-8ta klubimizda bunday imkoniyat bor. Boshqa tomondan futbolchilar uzoq yillik shartnoma tuzishga qo'rqmoqda. Ishonchsizlik ko'p rol o'ynayapti. Klubda kim bosh murabbiy yoki rahbar bo'lishidan qatiy nazar tarkib o'zagi saqlanib qolinsa, keyingi yilga bu o'z samarasini beradi. Jamoamiz Superligadagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi.

- Rifat Akramxo'jaev bosh murabbiy sifatida jamoani uchrashuvlarda boshlab tushayotgandi. Biroq so'nggi turlarda matbuot anjumanlarida siz ishtirok etmoqdasiz. Rifat Akramxo'jaevni ko'rayotganimiz yo'q...
- Bunday holat har bir murabbiyning boshida bor. To'g'ri bunga qadar Rifat Akramxo'jaevga yordam berib kelayotgandim. Ayrim sabablarga ko'ra natijalarimiz qoniqarsiz ko'rinish oldi. Keyin oilaviy muammolari paydo bo'ldi. Rifat Akramxo'jaev hali ham jamoada, rasman bosh murabbiy. Faqat biroz ruhiy jihatdan dam olgisi keldi. Ayni paytda Rustam aka Aripov va men boshqarib turibmiz. Baribir jamoani kimdir boshqarishi kerak-ku.

- "Surxon" joriy mavsum Superligada jon saqlash uchun kurashadimi?
- Hozirgi holatimiz shunday taassurot qoldirayotgan bo'lishi mumkin. Lekin avval ham aytganimdek o'yindan-o'yinga o'sib bormoqdamiz. Ikkinchi davrada ayrim chiziqlarni kuchaytiramiz. Futbolchilar bilan gaplashmoqdamiz. Bu "Surxon"ni o'rni emas. Kamida 7-8 o'rinlarni ko'zlaganmiz. Tanaffusdan foydalanib jarohatlangan futbolchilar tiklanib olishmoqda. Bugungi mashg'ulotda bir kishidan tashqari barcha sog' holda qatnashdi. Jismoniy holatimizni yaxshilab olish imkoni bo'ldi. Birinchi davraning so'nggi to'rtta o'yini oson o'tmasligi aniq. Uyda chempionat etakchilarini qabul qilsak, yana ikkita bahsni safarda o'tkazamiz. Biz uchun mana shu o'yinlar final hisoblanadi. So'nggi bir nechta bellashuvdagi omadsizliklar sabab turnir jadvalida pastga sho'ng'idik. Etibor bersangiz, bizdan tepada joylashgan jamoalar bilan ochkolarimiz o'rtasida farq katta emas.

- Jamoaning bugungi kundagi holati siz uchun begonamas. O'z vaqtida "Neftchi"da ham shunday vaziyatda faoliyat olib borgan edingiz...
- To'g'ri. "Neftchi" oxirgi o'rinlarda yurganida jamoa o'zimga qolib ketgan. Ko'proq yoshlarga etibor qaratganmiz. O'rinbosarlar jamoasida shug'ullantirgan futbolchilarimdan bir nechtasi asosiy tarkibga jalb qilingan. Yuta olamizmi yoki yo'qmi, deb o'ylamasdan, o'yinlarga jangovar ruhda tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Men hozir hech narsadan qo'rqayotganim yo'q. Qaysidir manoda tajribamga ishonaman. Yigitlar moliyaviy tomondan vaziyat qanday bo'lishidan qatiy nazar ishtiyoq bilan maydonga chiqib borlarini berishmoqda. Barchamiz jamoa manfaatini birinchi o'ringa qo'yishimiz kerak. Mablag' va pul o'zi keladi.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida "Nasaf", "Neftchi" kabi jamoalarda uzoq vaqt to'p tepgansiz. O'sha vaqtda futbolchilarda sodiqlik, fidoyilik asosiy planga chiqqan. Bugungi kunda futbolchilarda mana shu hislatlar qay darajada?
- Besh qo'l barobar emas. Hamma har xil. Bitta bizda emas, ko'p jamoalarda mentalitet o'zgargan. Biz to'p tepgan davrga nisbatan moliyaviy tomondan yaxshi sharoitlar yaratib berilmoqda. SHaroitlar yaratib berish shart. Kimdir aytadi, yaxshi sharoit qilib berilsa erkalanib ketadi. Yo'q, u doim barcha sharoitlarda shug'ullansa, boshqa muammolari bo'lmasa, faqat futbolni o'ylasa o'z-o'zidan mentaliteti o'zgaradi. Futbolni yaxshi ko'radigan fidoyi futbolchilar ham bor. Moliyaviy jihatlarni olib tashlasak futbolni sevish kerak. Futbolni yaxshi ko'rsangiz bo'ldi, qolganini uni o'zi beraveradi. Eskilarni gapi bor: futboldan biror narsa olish uchun, oldin sen nimadir berishing kerak. Futbolchidan maydonga chiqib bor kuchi bilan o'ynash, xudo bergan mahoratini ishga solish, murabbiylardan tinmay ishlash, o'yinchilar bilan aloq zo'r bo'lsa jamoa yuksalib boraveradi.

- Bahrom Haydarov kecha va bugun...
- "Neftchi"da ko'proq o'rinbosarlar jamoasida yoshlar bilan birga ishlaganman. "Surxon"da esa umuman boshqa futbolchilar. O'zgacha nomlar bor. Ular bilan til topishishni o'rgandim. Tajribali va nomdor ijrochilarga boshqacha munosabat talab qilinadi. Hammasining xarakteri turlicha. Futbolchini boshqarish qiyin. Hamma narsani bilaman, deb aytmayman. Mahoratli ijrochilar bilan qancha ko'p ishlansa, murabbiyning tajribasi shuncha ortib boradi.

- Nima uchundir sof haqiqiy hujumchilar kam chiqayotgandek. Masalan Eldor SHomurodov vinger sifatida o'zbekistonlik muxlislarga tanilgan...
- Katta futbol kundan-kunga o'zgarmoqda. CHamasi 5 yoki 6 yil oldin ko'proq pas bilan o'ynash uslubi urfga aylandi. Undan oldin Messi, Ronaldular etishib chiqayotganda hamma ularning harakatlarini, driblinglarini o'zlashtira boshlashdi. Hamma vingerlikka, o'yin tashkil qilishga qiziqib ketishi natijasida hujumchilar kamayib ketdi. Yugurib borib gol uradigan sof hujumchi tanqisga aylandi. O'zimizda bundaylar ko'p edi, Jafar Irismetov, Umid Isoqov, Zafar Xolmurodov, Anvar Berdiev va hokazo. Ahamiyat berayotgan bo'lsangiz, yana o'sha narsalar qaytyapti. Vingerlardan ko'proq yugurish talab qilinmoqda.

- "Surxon" muxlislari ikkinchi davrada nimaga umid qilishlari mumkin?
- Hozirgi holatimizdan kelib chiqib ishontirib aytamanki, ikkinchi davrada turnir jadvali o'rtalariga chiqamiz, deb o'ylayman. Harakat shunga qarab ketyapti. Birinchi davraning so'nggi to'rtta o'yinida kerakli ochkolarni jamg'arib olsak, balki ortiqcha futbolchi olishga hojat qolmas.

- Termizdagi stadionning yoritish tizimi yaxshi bo'lmaganligi uchun uchrashuvlar erta boshlanmoqda. Stadionda bu borada yaqin orada ijobiy tomonga o'zgarish ko'ramizmi?
- Faqat bizda emas, Qo'qon, Muborak, Andijondagi stadionlarda ham shunday muammolar bor. Hozir yoritish tizimini yaxshilash ustida ish olib borilyapti. "Philips" kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib tez orada talablarga javob beradigan holatga keltiriladi. Stadionimizda qolgan sharoitlar bor.

- Bosh jamoa Toshkentda istiqomat qilib, o'yin kunlari Termizga boryapti. Bu futbolchilarning jismoniy tomondan toliqishga olib kelishni hisobga olsak, noqulayliklar yuzaga keltirmayaptimi?
- Bugungi kunda ushbu jarayonga o'zgartirish kiritdik. Misol uchun o'yindan bir kun oldin emas, bir hafta qolganda Termizga boryapmiz. Gohida uzoq tanaffuslar payti Toshkentda shug'ullanyapmiz. Yashash joyimiz, maydonimiz bor. Baribir "Surxon" Termizning bosh jamoasi hisoblanadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика