So’nggi yangiliklar

17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   15 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2 11:49Расман: Мусса Диаби – "Ал Иттиҳод" футболчиси  1

Futbol tarixiga sayohat: Axbor Imomxo'jaevning yangi kitobi dunyo yuzini ko'rdi Yangiliklar

Futbol tarixiga sayohat: Axbor Imomxo'jaevning yangi kitobi dunyo yuzini ko'rdi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida Axbor Imomxo'jaevning "Asr futbolidagi asl qadrdonlarim" nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taniqli futbol faxriysi, o'zbek futbol sharhlovchiligi maktabining asoschilaridan biri, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam" milliy mukofoti laureati, xalq talim alochisi Axbor Imomxo'jaev ushbu kitobni o'zbek futbolining 100 yilligiga bag'ishlab chop etdi.

Taqdimot marosimida turli yillarda O'zbekiston futbol federaciyasini boshqargan mutassaddilar Geliy Sogonov (XX asr 80-yillar), Abduhoshim Mutalov (1992-95 yillar), Zokirjon Almatov (1995-2005 yillar) va bugungi kunda Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, shuningdek, MOQ hamda O'FA rahbariyati va jamoasi, sport faxriylari, muallifning yaqinlari hamda hamkasblari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi.


Takidlash joiz, kitob Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi ko'magi ostida nashrdan chiqdi. Unga kirish so'zi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan yozilgan.

800 sahifadan iborat ushbu kitobda o'zbek futboliga oid ko'plab tarixiy materiallar, xotiralar, qiziqarli faktlarni ko'rishimiz mumkin. SHuningdek, unda futbolimiz tarixida yorqin iz qoldirgan murabbiy, futbolchi, hakam, mutaxassis va sport jurnalisti sifatida faoliyat olib borgan mashhur insonlar haqida ham qator qimmatli malumotlar uchraydi. Bu haqida tadbir davomida so'zga chiqqan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov alohida to'xtalib o'tdi.

"O'zbekiston futbol associaciyasi boshqaruviga kelgan dastlabki kunlarimdanoq Axbor ota bilan uchrashib, ularning 10 yildan ko'proq vaqt davomida o'zbek futboli tarixini o'zida mujassam etgan katta kitob-enciklopediya yozganlaridan xabar topgandim. Ochig'i bundan juda tasirlangandim, chunki butun bir millat futboli xaqida kitob yozish, yosh avlodga o'zbek futboliga poydevor qo'ygan mutaxassislar xaqida hikoya qilib berish, ular nomini tarixga muxrlash har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Bu juda katta mehnat, iroda, kuch-g'ayrat va albatta vaqt talab qilishini barchamiz yaxshi tushunamiz. SHukrki, bugun ana shu kitob nashrdan chiqdi. O'zbek futboli tarixida xali bu qadar katta, enciklopedik xarakterga ega kitob chop etilmagandi va bu borada "Asr futbolidagi asl qadrdonlarim" kitobi birinchi bo'ldi. Fursatdan foydalanib, Axbor otaga yurtimiz futbol ahliga ana shunday noyob adabiyot tortiq etganliklari, qolaversa qilgan mashaqqatli mehnatlari, o'tkazgan uyqusiz tunlari uchun Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi nomidan chukur tashakkur izhor qilaman", – dedi Umid Ahmadjonov.

Kitob "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan chop etilgan bo'lib, uni futbol enciklopediyasi deb ham atash mumkin. Unda siz hech qaerdan topolmaydigan noyob va qimmatli malumotlarni uchratishingiz mumkin. Tadbirda ishtirok etgan nashriyot bosh direktori Erkin Abdurahmonov muallifning 12 yillik mehnat mahsuli o'zbek sportining rivojiga ulkan xissa qo'shishini aytib o'tdi.

"Odatda sport sharhlovchilarida chiroyli nutq va so'z boyligi ko'p deyishadi. Ammo shunday paytlar bo'ladiki, hayajon sabab so'z topa olmaysan. Hozir aynan shunday vaziyatdaman. Yoshlik yillarimda, bir kun kelib o'zbek futbolining rivojiga xissa qo'shgan insonlarga o'z minnatdorchiligimni izhor etgan holda ularga dastxatim tushirilgan kitob sovg'a qilishni orzu qilardim. Bugun mana shu orzuyimga etishmoqdaman. Xudo kuch-quvvat berib, sog' yursam, nafaqat futbol, balki sanatning opera yo'nalishi haqida ham kitob yozmoqchiman. Bugun taqdimoti o'tayotgan kitobim 1912 yildan boshlangan o'zbek futboli tarixini o'z ichiga oladi. Unda futbolimiz rivojiga xissa qo'shgan 261 nafar shaxs tilga olib o'tilgan. Fursatdan foydalanib, uning chop etilishida yordam bergan MOQ prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman", – dedi Axbor Imomxo'jaev.


Taqdimot marosimining so'ngida Axbor ota o'zbek futbolining rivojiga qo'shgan xissasi uchun bir qator faxriy insonlarga yangi nashrdan chiqqan kitobi va o'zi tayyorlab kelgan esdalik sovg'alarini taqdim qildi. Ana shunday sovg'alar shuningdek, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov va Ravshan Ermatov kabi futbolimiz yulduzlariga ham nasib etdi.


"Sportga bog'liq mana shunday tadbirda ishtirok etganimdan mamnunman. Bu o'zbek futboli uchun unutilmas kun. Boisi biz bilgan, biz sevgan Axbor ota Imomxo'jaev o'zbek futboliga oid yana bir katta kitobini taqdim qildilar. Tarixsiz kelajak yo'q deyishganlaridek, yosh futbolchilarimiz o'tmishdagi qahramonlari haqida malumot olishlarida ushbu kitobning o'rni beqiyos. Ustoz Axbor Imomxo'jaevga ajoyib sovg'a uchun tashakkur aytib qolmoqchiman. Albatta, bu kishi ijoddan to'xtamay, charchamasdan, sog'-omonlikda mana shunday noyob kitoblar ustida ish olib borishlarini xohlab qolardim", – dedi Ravshan Ermatov.

Takidlash lozimki, Axbor Rustamovich ushbu kitob ustida roppa rosa 12 yil ishladilar. O'zbek futboli enciklopediyasi, deb atash ham mumkin bo'lgan mazkur adabiyotning chop etilishi nafaqat muallif hayoti, balki o'zbek futboli tarixida ham muhim ahamiyatga ega. Taqdimot yakuniga etgach, mehmonlar ushbu durdona kitobni xarid qilib, muallifning o'zidan esdalik uchun dasxat qo'ydirib olishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика