So’nggi yangiliklar

19:54CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистоннинг Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун таркиби маълум  0 19:41"Сабаҳ" — "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:39Суперлига. "Нефтчи" - "Шўртан" 1:0 (матнли трансляция)  16 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  6 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  3 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  12 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  10

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 2-QISM. (+10 foto) Yangiliklar

Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 2-QISM. (+10 foto)

Jahon futbolidagi tarixiy holatlarni retrosuratlar orqali eslashda davom etamiz.

“Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan Ukraina futboli afsonalari. 

Oleg Bloxin (1975), Igor Belanov (1986) va Andrey SHevchenko (2004). 

2008-yil. Xitoydagi yozgi Olimpiya o'yinlari. Final. Nigeriya - Argentina - 0:1. 

Serxio Aguero jamoadoshi Lionel Messi bilan birgalikda chempionlikni nishonlamoqda 

2004-yil. Yurgen Klopp nihoyat “Maync”ni quyi diviziondan, Germaniya bundesligasiga olib chiqdi. 

2000-yil. “Yuventus” azolari Edvin van der Sar hamda Zayniddin Zidan yangi yil arafasida bolalarni xursand etishdi. 

2002/03 yilgi mavsum. Pep Gvardiola “Roma” klubi tarkibida. 

JCH-1994. Guruh bosqichi. Rossiya – Kamerun – 6:1.

CHapda Roje Milla va o'ngda Oleg Salenko. Bu tarixiy suratning ahamiyatli jihati shundaki, Kamerun terma jamoasi azosi Roje Milla mazkur bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'yib, jahon chempionatlari tarixida to'p kiritgan yoshi eng katta (42 yosh) futbolchiga aylangan. Milla JCHda qatnashgan yoshi eng katta o'yinchi ham bo'lgan. Biroq, uning bu natijasini avvaliga, 2014-yilda Farid Mondragon (Kolumbiya, 43 yosh) keyin esa 2018-yili Essam El-Xadari (Misr, 45 yosh) yangiladi. SHuningdek, ushbu o'yinda Rossiya termasi azosi Oleg Salenko penta-trik qayd etib, mundialning bitta uchrashuvida 5ta gol urgan yagona futbolchi sifatida tarixda qolgan. Hozirgacha Salenkoning rekordini hech kim yangilay olmayapti.

2003-yil. “Sporting” – “Manchester Yunayted” – 3:1.

Krishtianu Ronalduning “qizil iblislar” etiboriga sazovor bo'lgan uchrashuvi.

2007/08 yilgi mavsum. "Valensiya" futbolchilari David Vilya va David Silva Fernando Morentesning golini nishonlashmoqda.  


1999-yil. Veri, Yerro, Maldini, Rivaldo va Ortega Ispaniyada tashkil etilgan ko'rgazmada. 

ECHL 2004/2005 yilgi mavsum. “Real” – “Roma” – 4:2.

Franchesko Tottining jarima zarbasi va “Qirollik klubi”ning yulduzli devori.

+Bonus.

Braziliya chempionati. 2009/10 yilgi mavsum. “Korintians” – “Santos” – 1:0

Faoliyatining so'nggi yillarini o'tkazayotgan Ronaldo va 17 yoshli Neymar.

Akmurzaev Eldor tayyorladi.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика