Futbol tarixiga muhrlangan retrosuratlar. 2-QISM. (+10 foto)

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 18:12
Jahon futbolidagi tarixiy holatlarni retrosuratlar orqali eslashda davom etamiz.

“Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan Ukraina futboli afsonalari. 

Oleg Bloxin (1975), Igor Belanov (1986) va Andrey Shevchenko (2004). 

2008-yil. Xitoydagi yozgi Olimpiya o'yinlari. Final. Nigeriya - Argentina - 0:1. 

Serxio Aguero jamoadoshi Lionel Messi bilan birgalikda chempionlikni nishonlamoqda 

2004-yil. Yurgen Klopp nihoyat “Maync”ni quyi diviziondan, Germaniya bundesligasiga olib chiqdi. 

2000-yil. “Yuventus” a'zolari Edvin van der Sar hamda Zayniddin Zidan yangi yil arafasida bolalarni xursand etishdi. 

2002/03 yilgi mavsum. Pep Gvardiola “Roma” klubi tarkibida. 

JCH-1994. Guruh bosqichi. Rossiya – Kamerun – 6:1.

Chapda Roje Milla va o'ngda Oleg Salenko. Bu tarixiy suratning ahamiyatli jihati shundaki, Kamerun terma jamoasi a'zosi Roje Milla mazkur bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'yib, jahon chempionatlari tarixida to'p kiritgan yoshi eng katta (42 yosh) futbolchiga aylangan. Milla JCHda qatnashgan yoshi eng katta o'yinchi ham bo'lgan. Biroq, uning bu natijasini avvaliga, 2014-yilda Farid Mondragon (Kolumbiya, 43 yosh) keyin esa 2018-yili Essam El-Xadari (Misr, 45 yosh) yangiladi. Shuningdek, ushbu o'yinda Rossiya termasi a'zosi Oleg Salenko penta-trik qayd etib, mundialning bitta uchrashuvida 5ta gol urgan yagona futbolchi sifatida tarixda qolgan. Hozirgacha Salenkoning rekordini hech kim yangilay olmayapti.

2003-yil. “Sporting” – “Manchester Yunayted” – 3:1.

Krishtianu Ronalduning “qizil iblislar” e'tiboriga sazovor bo'lgan uchrashuvi.

2007/08 yilgi mavsum. "Valensiya" futbolchilari David Vilya va David Silva Fernando Morentesning golini nishonlashmoqda.  


1999-yil. Veri, Yerro, Maldini, Rivaldo va Ortega Ispaniyada tashkil etilgan ko'rgazmada. 

YCHL 2004/2005 yilgi mavsum. “Real” – “Roma” – 4:2.

Franchesko Tottining jarima zarbasi va “Qirollik klubi”ning yulduzli devori.

+Bonus.

Braziliya chempionati. 2009/10 yilgi mavsum. “Korintians” – “Santos” – 1:0

Faoliyatining so'nggi yillarini o'tkazayotgan Ronaldo va 17 yoshli Neymar.

Akmurzaev Eldor tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia