So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Futbol o'ynash oson, ammo eng qiyini - oddiy futbol namoyish etishdir". Yoxan Kruiff - hayot, "Ayaks" va Gvardiola haqida Yangiliklar

"Futbol o'ynash oson, ammo eng qiyini - oddiy futbol namoyish etishdir". Yoxan Kruiff - hayot, "Ayaks" va Gvardiola haqida

Teglar :  Yoxan Kruiff
Gollaniyalik afsonaviy futbolchi Yoxan Kruiffning iqtiboslari va uning muvaffaqiyatlari.

"Yugurish mashqlarida tez-tez qo'shimcha kiyim kiyib olardim. O'rmonda ikki guruhga bo'linib chopardik - har bir guruh kiyimlari ikki rangda edi. Yo'l yarimida bitta kiyimimni echib, finishga etib borayotgan guruhga qo'shilardim. Keyin yuzimni charchagan kabi ko'rsatardim. Xatto daraxt ortida sigareta chekib olishga ham ulgurardim".

"Bolalagimizda ko'chada futbol o'ynardik, u erda yiqilish juda og'riqli. Katta bo'lib, chimda futbol o'ynashni boshlasang, yiqilmaslikka harakat qilasan".

"32 jamoaning biri jahon chempioniga aylanadi. Boshqalar bu ishni qila olmaydi, chunki ular mundialda ishtirok etmaydi".

"O'zimni aldayotgan bo'lishim mumkin, ammo qaerga bormay odamlar menga 1974 yildagi jahon chempionati finalida nemislarni mag'lub etmaganimizda afsuslanishini aytadi. Ular bizning o'yin uslubimizni yoqtirishida va agar g'alaba qozonganimizda bunday bo'ladi deb o'ylamasdim".

"Puma" bilan shartnomam bor edi, Gollandiya terma jamoasi esa "adidas" kiyar edi. Agar "adidas"da o'ynasam "Puma" men bilan shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgan. O'sha paytlar uchrashuvlardagi reklama endi rivojlanayotgandi. Natijada butun jamoa 3 ta chiziqli formada, men esa 2 ta chiziqlida o'ynashga kelishdik. Menimcha, bu futbolni tijoratlashtirishda burilish nuqtasi bo'lgan".



"JCH-1978 yilgi jahon chempionatiga chiqqanimizda, menga "Rolex" tilla soatlarini sovg'a qilishgan. Bilasizmi, soat juda kattaligidan ko'proq menga langarni eslatardi. Uni ikkita kichkinasiga almashtirdim - bittasi ayolimga va ikkinchisi o'zimga".

"Jamoaning sifati kuchli futbolchilar soniga bog'liq emas. Yagona ahamiyatli narsa - barcha futbolchilar bir jamoa bo'lib o'ynashi".

"Oson uchrashuvdagi eng qiyini - kuchsiz raqibni yomon o'yin ko'rsatishga majbur qilish".

"Futbol o'ynash oson, ammo eng qiyini - oddiy o'yin ko'rsatishdir".

"Ijobiy o'yin namoyish etish uchun sizga yaxshi futbochilar kerak. Ammo yaxshi futbolchilarda doimo foydalilik borasida muammo bo'ladi: Ular chiroyliroq o'ynashga harakat qilishadi".

"Agar italiyaliklarga bir imkon bersangiz, ular ikkita gol urishadi".

"Hayotda hammasi oddiy. Ko'pchilik nimadir noto'g'ri ekanligini ko'radi. Kamchilik aynan nima noto'g'riligini tushunadi. Juda kam inson "noto'g'ri"ni to'g'irlashni biladi".



"To'rt himoyachi va to'rt yarim himoyachi hech qachon to'g'ri ish bermaydi. Bu vaziyatda barcha uchburchaklardan ayrilasiz. Uchburchaklar juda muhim, faqat shundagina birdaniga ikki jamoadoshlaringiz bilan o'ynay olasiz".

"Umuman olganda, bugungi futbol menga yoqmaydi".

"Hozirgi kunda top-klublar ishlab topayotganidan ko'ra, ko'proq qarzga ega. Buni muvaffaqiyat deb hisoblash kerakmi?"

"Murabbiy haqida gapirayotganimizda, gap ish soati borasida bo'lmasligi kerak. O'yinni to'g'ri ko'ra olish muhim va bundan xulosa chiqarish kerak".

"Golfda har bir o'yinchining turli zarbalar bo'yicha maxsus murabbiyi bor. Futbolda 15 futbolchiga bir murabbiy. Bu absurd".

"Men uchun hammasi aniq: Gvardiola Mourinodan kuchliroq. Gvardiola o'z jamoasini kuchliroq qilmoq va uni yangi darajaga olib chiqish niyatida. Mourino esa doimo 100 000 muxlis oldida tomosha ko'rsatadi. Gvardiola diqqat markazida - faqat o'yin, Mourino esa jamoasi va o'z sifatlari haqida gapiradi".

"Hozirgacha "Ayaks"ga muxlislik qilaman. "Barselona"ga ham. Nega Amsterdam jamoasi "Barselona"ga qarshi o'ynasa "Ayaks"ga muxlislik qilaman? Bu boshqa-boshqa narsa! "Barselona" doimo finalda o'ynashga harakat qilaid, "Ayaks" esa guruhdan chiqishga. Farq juda katta bo'lganida, men doimo kuchsizlar tomonda bo'laman".



"Har bir kamchilik o'z ustunligiga ega".

"Men dindor emasman. Ispaniyada barcha 22 futbolchi maydonga chiqish oldidan iltijo qilishadi. Agar bu foyda berganida, barcha uchrashuv durang bilan yakunlanar edi".



Yoxan Xendrik Yoxannes Kruiff

Gollandiyalik afsonaviy futbolchi 1947 yil 25 aprel kuni Amsterdamda tug'ilgan. Hujumchi faoliyati davomida "Ayaks" (1964 — 1973, 1981 — 1983), "Barselona" (1973 — 1978), "Los-Anjeles Acteks" (1979 — 1980), "Vashington Diplomats" (1980 — 1981), "Levante" (1981) va "Feyenoord" (1983 -1 984) klublari sharafini himoya qilgan.

Ketma-ket uch yil CHempionlar Kubogida g'olib bo'lgan (1971-1973), 1972 yildagi Evropa Superkubogi, shu yildagi Qitalararo Kubogi zafar quchgan. Gollandiya chempionatida 9 marotaba (1966−1968, 1970, 1972, 1973, 1982−1984), Gollandiya Kubogida 6 marotaba chempion bo'lgan.

Kruiff 1966-1978 yillar davomida Gollandiya terma jamoasi safida 48 ta uchrashuvda 33 ta gol urgan. JCH-1974ning vice-chempioni va eng yaxshi futbolchisi. Evro-1976da bronza medali egasi. 3 marotaba yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan.

Evropada XX asrning eng yaxshi futbolchisi. "Barselona" tarixidagi eng buyuk o'yinchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinda. Faoliyati davomida 752 ta uchrashuvda maydonga tushib, 425 ta gol urgan.

"Ayaks" va "Barselona" klublarida bosh murabbiy sifatida ishlab ko'plab sovrinlarga ega chiqqan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика