So’nggi yangiliklar

10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  2 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  9 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  9

Futbol olamidagi mashhur kalboshlar Yangiliklar

Futbol olamidagi mashhur kalboshlar

Taniqli "kalboshlar"dan tuzilgan terma jamoani etiboringizga taqdim etamiz.

Kuni kecha Yap Stamni AQSHda tanimaganlari haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Ushbu holat bahonasida futbol olamining boshqa mashhur "kal boshlarini" ham yodga oldik.  

Jamoamizga "ikki oy" bu turmakda yurganlar emas, balki aynan shunday ko'rishga o'rganib qolganlarimiz kiritilgan. Ushbu ramziy terma tarkibidan joy olish uchun murosasiz kurash kechganini takidlashimiz lozim. Har bir nuqtaga eng mashhur va mahoratli futbolchilarni joylashtirishga harakat qildik. Natija qanday bo'lganini ko'rishingiz mumkin. 


Darvozabon
Faben Bartez (Franciya)

Bred Fridel? Yaxshi nomzod, lekin u Franciya termasi bilan Jahon va Evropa chempioni bo'lgan Bartez bilan raqobatlasha olmaydi. Franciyaning o'yinlaridan avval Loran Blan Bartezning kal boshini o'pib qo'yardi. Aytishicha, bu omad keltirarkan. "Uch ranglilar" JCH-1998 va Evro-2000da zafar quchganlarini inobatga olsak, Blan chindan maqsadga erishish yo'lini topganga o'xshaydi. Faben nafaqat Franciya balki jahon futboli tarxidagi eng ajobtovur darvozabonlardan hisoblanadi. U ajoyib seyvlari bilan bir qatorda, oddiy vaziyatlardagi tushirgan "qovunlari" bilan ham nom chiqargan. 


Himoyachilar
Maykon (Braziliya)

Dani Alves mana necha yildirki professional maydonda javlon urmoqda. Lekin vaqtida u ham Braziliya termasi o'ng qanot himoyasi uchun kurashni jismonan baquvvat Maykonga boy berardi. Duglas faoliyatidagi eng yorqin davrni "Inter"da o'tkazgan. "Neradzurri" tarkibida futbolchi to'rt bor Skudettoni va Joze Mourino boshchiligida ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritgan. Odatda o'ta jiddiy yuradigan Maykon bazan tabassumini yashirmasdi, lekin "soch turmagi" doimo bir xil bo'lardi. 


Yap Stam (Niderlandiya)

Hozir Yap Stam murabbiy bo'ldi va uni ishdagi sheriklari ham tanimay qolishyapti. Lekin gollandiyalikning futbolchilik faoliyatini ko'pchilik hali unutmagan bo'lsa ajab emas. "Qoya" laqabli markaziy himoyachi MYU bilan APL va CHempionlar Ligasida zafar quchgan, Simeone, Krespo, Mendeta va Nestadek yulduzlar jamlangan "Lacio" tarkibida o'ynashga ulgurdi, Niderlandiya tarkibida katta musobaqalarda ishtirok etdi. Qachonlardir Yapning ham sochlari bo'lgan, lekin hamma uni shunday eslab qolgan.


Frank Lebef (Franciya)

Yana bir jahon va Evropa chempioni. Frankni "CHelsi" muxlislari juda yaxshi eslashadi. U 1997/98 yilgi mavsumda Kubok egalari Kubogida omadli ishtirok etgan jamoa tarkibida bor edi (de Guy, Petresku, Uayz, Di Matteo, Poyet, Flo, Vialli, Zola). U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, aktyorlikda o'zini sinab ko'rdi. Ustasiga baribir deyishadi-ku...


Roberto Karlos (Braziliya)

"Inter"ning o'ta tajribali ishqibozlari chap qanot himoyachisini sochlarini eslashsa ajabmas, ammo Roberto Karlosning klassik ko'rinishi Madridda shakllandi. Bu erda braziliyalik zarbasini yanada takomillashtirib, uni daxshatli qurolga aylanitra oldi va doim sochini "0"ga oldirib yurardi. 


Yarim himoyachilar
Ser Bobbi CHarlton (Angliya)

Bobbi CHarlton hozir yoki Roberto Karlos davrida futbol o'ynaganida, u ham sochini kalga oldirib yuraverardi. Lekin unda o'sha mashhur rasm dunyo yuzini ko'rmasdi: 1966 yilgi jahon chempioni sochi to'kilib ketganidan keyin ham qolgan soch tolalari bilan buni ancha vaqtgacha berkitishga harakat qilgan. 


Jonjo SHelvi (Angliya)


 

"Liverpul" va Angliya termasi sobiq azosi, hozirda "kuchayib ketishi" kutilayotgan "Nyukasl"da to'p tepayotgan SHelvi bu ramziy jamoadagi barchaga mashhurlik bobida yutqazishi turgan gap, lekin Jonjoning ko'rinishi etiborimizdan chetda qolib ketishining iloji bo'lmadi.

"Vest Xem" muxlislari o'yinga tushishga tayyorlanayotgan futbolchiga quyidagicha qo'shiq kuylashganda: "Jonjo SHelvi, Garri Potter seni topib keladi!", deyishganda stadiondagi hamma, shu jumladan SHelvining o'zi ham kulgusini yashira olmadi. Kimdir hali ham tushunmagan bo'lsa, mashhur kinoqaxramon Volan-de-Mortga juda o'xshashi nazarda tutilgan. 


Zinedin Zidan (Franciya)



Zinedinning kal boshini tariflamaslikning iloji yo'q. "Zizuning tilla kal boshi" nomli kitob ham chop etilgan. Zidanning soch turmagi sekin-asta o'zgarib borgan, yildan-yilga uning boshida bo'sh zonalar paydo bo'la boshlagan. Sochi kamaygani sari Zidanning o'yini ochilib borayotgandek tuyulardi. Zizu shu boshi bilan JCH-1998 finalida ikkita gol urgan, JCH-2006 finalida esa yana o'sha boshi bilan Marko Materaccini "nokaut" qilgandi. Soch bo'lmasa-da, o'sha bosh ishlagani sabab Zidan murabbiy sifatida ham, chamamda, hali uzoq saqlanib qoladigan rekordni o'rnatdi. ECHL tarixida ketma-ket g'alabalar hali hech bir murabbiyga nasib qilmagandi.  


Hujumchilar

Aren Robben (Niderlandiya)Qirqqa kirmay sochsiz qolgan yana bir golland. Sochlari Arenni "CHelsi"daligidayoq tashlab ketishni boshlagandi, "Real"da deyarli kal bo'lgan Robben "Bavariya"ga o'tgach, endi o'zi sochini umuman qoldirmay oldiradigan bo'ldi va barcha uni shunday eslab qoldi.


Janluka Vialli (Italiya)



Yoshligida Viallida ham "mikrofon" bo'lardi — Janlukaning "Sampdoriya"dagi o'yinlarini ko'rganlar so'zimizni isbotlashadi. Ammo "Yuventus"da italiyalik forvard o'zining endilikda odatiy ko'rinishiga ega bo'ladi. Angliyada "CHelsi" safida o'ynab yurgan kezlarida esa uncha-muncha futbol muxlisi qachonlardir Viallining ham "bir dunyo" sochi bo'lganiga ishonolmasdi.  


Ronaldo (Braziliya)
Futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri faoliyatining asosiy qismida u yoki bu soch turmagidan ko'ra, hech qanday turmaksiz bo'lishni maqul ko'rdi. Biroq uni yana millionlab muxlislar JCH-2002 hal qiluvchi o'yinlaridan avvalgi soch turmagini musobaqadan keyin ham uzoq yillar ko'plab bolalar takrorlab yurishdi. Fenomenning o'ziga xos turmagi yodingizdami?


Bosh murabbiy
Xosep Gvardiola (Ispaniya)

Murabbiy — qiyin kasb, asablaringizni egovlab yuboradigan faoliyat. Kimnidir sochlari oqarib ketadi, yana kimnikidir esa to'kilib ketadi. O'nlab mashhur murabbiylarni sochlari to'kilib ketganini ko'rishimiz mumkin, lekin ulardan eng mashhurini tanlash zarur bo'lsa va Zidan futbolchi sifatida jamoadan joy olib ulgurganini inobatga olsak, barchasi oddiy: Xosep Gvardiola.


Bonus: futbol hakami
Perluijji Kollina (Italiya)

Xovard Uebb, Mayk Din brigadaga kiritiladi, barcha davrlar uchun #1 esa — "Fantomas" emas Perluiji Kollina. 


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика