So’nggi yangiliklar

07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  0 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  3 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  17

Futbol muxlisi ko'rishi tavsiya etiladigan TOP-7 film Yangiliklar

Futbol muxlisi ko'rishi tavsiya etiladigan TOP-7 film

Teglar :  Futbol
Futbol yoki film?

Qay birini tanlashni bilmayotgan muxlislar uchun futbol haqidagi filmlarni tavsiya etamiz.

1.Gol (2005)

Ko'pchilik futbol muxlislari bu kinoni ko'rgan bo'lsa ajab emas. Gol — meksikalik bolakay hayoti haqidagi film. Santyago Munes barcha qiyinchilik va to'siqlarga qaramay, orusini amalga oshiradi va professional futbolchi bo'ladi. Ammo qanday qilib?!

Film bosh qahramoni Santyago Munes Los-Andjelesda yashaydi va o'sha erda ishlaydi. Uning eng sevimli mashg'uloti futbol o'ynash bo'ladi. Bir kuni Amerikada yashaydigan qizining uyiga tashrif buyurgan sobiq futbolchi Glen Foy uning iqtidorini payqab qoladi. Glen uyiga qaytar ekan, Santyagoga agar Angliyaga borsa, albatta "Nyukasl Yunayted" murabbiyi etiboriga tushishini takidlaydi.

SHundan so'ng, Santyago o'z orzusini amalga oshirish niyatida Angliyaga ketishga qaror qiladi va pul to'plashni boshlaydi. Biroq otasi unga qarshi chiqadi hamda havoyi orzularga berilmasligini uqtiradi. O'g'li to'plagan barcha pulni olib qo'yadi va mashina sotib oladi. Ammo Santyagoning buvisi uni qo'llab-quvvatlaydi va nabirasini Angliyaga jo'natadi. Xo'sh keyinchi...? Buyog'ini esa filmni tomosha qilib, bilib olishingiz mumkin.

2. Gol 2 (2007)

Mashhur film trilogiyasining ikkinchi qismi. Orzular, buni qarangki, bazan ushalar ekan. Meksikalik yosh iqtidor futbol yulduzi Santyago Munesning omadi chopadi va "Nyukasl Yunayted"dan afsonaviy Madridning "Real" jamoasiga taklif qilinadi. Lekin Sanyago Munes yangi muhitga ko'nikib, qiyinchiliklarga dosh bera oladimi? O'zligini yo'qotmay, jamoa bilan CHempionlar Ligasida zafar quchishni uddalay olarmikan? Barcha savollarga kinoni tomosha qilib, javob topishingiz mumkin. 


3. Bezorilar (2005)

Film bosh qaxramoni Mett qilmagan jinoyati sabab universitetdan haydaladi. SHu pallada uning hayot charxpalagi teskarisiga aylanib ketadi, go'yo. O'zini yo'qotib qo'ygan va nima qilishini bilmagan yigitcha Londonga, opasining yoniga yo'l oladi. Mett u erda pochchasi va uning ukasi Pit bilan yaqindan tanishadi. Pit mahalliy "West Ham United" klubining ashaddiy muxlisi hisoblanadi va hattoki, muxlislar klubiga ham azo bo'ladi. Bir kuni Mett va Pit futbol uchrashuviga yo'l oladilar, ammo o'yindan so'ng ikki jamoa muxlislari o'rtasida janjal kelib chiqadi. Ana o'sha erda Mett hayotida ilk bor kimgadir zarba beradi va muxlislar olamiga g'arq bo'ladi. Bu erda u sevimli jamoalari va yoqtirgan futbolchilar uchun barchasiga tayyor bo'lgan yangi do'stlar orttiradi.


4. Lanatlangan "Yunayted" (2009)

Yo'q, yo'q, shoshilmang! Bu "Manchester Yunayted" haqida emas. JCH-1974 dagi omadsiz ishtirokdan so'ng, Angliya termasi bosh murabbiyi almashtiriladi. "Lids Yunayted"ning sobiq ustozi Don Revi milliy termani qo'lga oladi. Bo'sh qolgan joyga esa iqtidorli Brayan Klaf taklif qilinadi. Klaf avvalroq imkoniyatlari cheksiz bo'lmagan "Derbi Kaunti" bilan Evropa CHempionlar Kubogi yarim finaliga qadar etib borishni uddalagandi.

Qancha harakat qilmasin, Brayan sodiq yordamchisi Piter Teylorni o'zi bilan yangi klubda ham birga ishlashga ko'ndira olmaydi. Sababi, Piter "Lids"ni ashaddiy raqib deb bilar va hech qachon u erda ishlashni istamasdi. Aslida Brayanning o'zi ham "Lids"ni qattiq hurmat qilmagan. Sababi, jamoa futbolchilari ko'pincha qo'pol va g'irrom harakat qilardi. Ammo barchasiga qaramay, u jamoa bosh murabbiyi bo'lishga qaror qiladi.


5. "Futbol fabrikasi" (2004)

2004 yil Jon Kingning "Futbol fabrikasi" kitobi asosida suratgan olingan kino. Film voqealari Angliyada bo'lib o'tadi. Unda Londonning ikki jamoasi "CHelsi" va "Milluoll" bezori muxlislarining o'zaro to'qnashuvi fonida zamonaviy britaniyalik yoshlarning hayoti va turmush tarzi aks ettirilgan.


6. Uill (2011)

Uill Brennan — o'n bir yoshdagi bolakay. Onasi hayotdan ko'z yumgan, otasini deyarli ko'rmasdi. Sababi, u pul ishlab topish dardida doim band bo'lgan, Uill esa bolalar uchun maxsus uyda yashashiga to'g'ri keldi. Hayotdagi og'ir qiyinchiliklariga qaramay, Uill quvnoq va olam-olam umidlar bilan katta bo'ladi. U futbolni sevadi, yaxshi o'ynay oladi va "Liverpul" jamoasiga muxlislik qiladi.

Bolakayning eng katta orzusi — otasi bilan Istanbuldagi CHempionlar Ligasi finaliga borish va sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash. Orzusi ushalishiga bir qadam qolgandek, otasi Uillga final o'yini uchun 2ta chipta sovg'a qiladi, lekin safar oldidan vafot etadi... Xo'sh, hayotning navbatdagi zarbasini kichik bolakay enga oladimi?


7. "Kung fu futbol"

Bu filmni ko'pchilik o'quvchilarimiz ko'rgan bo'lishsa ajab emas. Stiven CHou rejisserligidagi ushbu kinoni qayta-qayta ko'rsangiz ham joningizga tegmaydi. Hayotda ko'p qiyinchilik ko'rgan aka-ukalar futbol murabbiyi yordamida jamoa tuzishadi hamda mukofot jamg'armasi million dollar bo'lgan musobaqada qatnashishga qaror qilishadi. Kung fu mahorati va futbol sir-asrorlarini birlashtira olgan jamoa o'yindan zavq ola boshlaydi. Ammo oldinda ularni ko'p qiyinchilik kutib turardi...      

Ha, aytgancha, musobaqaning muhim pallasida jamoani qiz bola qutqarib qoladi :)


Xo'sh, qadrli o'quvchilar, siz futbolga oid qanday filmlarni bilasiz va sevib tomosha qilasiz? Fikrlariniz bilan o'rtoqlashing.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика