Futbol jonkuyarlari diqqatiga!
24 apr 2021 18:24
Yangiliklar
O'z yurishini O'zbekiston Pro ligasida boshlagan jamoa vakillari Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi sari hozirlik ko'rmoqda.
Ushbu jamoa uy uchrashuvlarini Toshkentdagi «JAR» stadionida o'tkazib kelmoqda. Yosh futbolchilarni mazkur o'yingohga ko'plab futbol ixlosmandlari tashrif buyurib, Timur Kapadze shogirdlarini qo'llab-quvvatlab turishibdi.
«Olympic» jamoasi yuqoridagilarni hisobga olgan holda, o'z qoshida muxlislar klubini tashkil etishni lozim topdi. Etiborlisi, ushbu fan klubga barcha o'zbek jamoalari muxlislari azo bo'lishlari mumkin.
Zero «Olympic» oddiy futbol klubi emas, balkim O'zbekiston olimpiya terma jamoasidir. Barcha futbol ishqibozlarini «Olympic» jamoasi muxlislar klubiga taklif etamiz.
25 aprel soat 09.00-12.00 da «JAR» stadionida kutib qolamiz. O'zingiz bilan passport nusxasi va 2 dona (3x4 hajmdagi) fotosurat olib kelishingiz so'araladi.
Malumot uchun: +998983105464 (Odilxo'ja)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar