So’nggi yangiliklar

21:33Назорат ўйини. "Ғазалкент" Чехиянинг "Ходонин" клубига имкониятни бой берди  0 21:32"Андижон" Қозоғистон жамоасига ютқазди  0 21:15Эрон. "Персеполис" сафарда мағлуб бўлди, Игорь Сергеевдан супер гол!  0 21:05"Хоразм" Виктор Мозес тўп тепадиган клуб устидан ғалаба қозонди  0 20:47"Нефтчи" Қирғизистон клубини тор-мор қилди  2 20:41"Локомотив" Анталиядаги еттинчи назорат ўйинида Грузия жамоасига ютқазди  0 20:19Ироқ юлдузлар лигаси. “Эрбил” ўз уйида мағлубиятга учради  2 19:27Суперлига клуби Неъматовни сотиб олмоқчи  12 19:21"Бунёдкор" Қозоғистон клубини мағлуб этди  0 19:01"Манчестер Сити" — "Салфорд Сити". Таркиблар маълум  37 18:50Англия кубоги ўйини тўр тешилиши сабабли кеч бошланди  4 18:28Бундеслига. "Бавария" ва "Байер" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  6 17:51"Гол Гохар" — "Персеполис". Таркиблар маълум  3 17:34Расман: Игор Тудор "Тоттенхэм" бош мураббийи этиб тайинланди  3 17:10Родри дисквалификация қилиниши мумкин  45

"Olympic" navbatdagi nazorat uchrashuvida "Istiqlol"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Olympic" navbatdagi nazorat uchrashuvida "Istiqlol"ni mag'lub etdi

Pro Liga bahslari debyut qilishga tayyorgarlik ko'rayotgan "Olympic" bugun o'zining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bu safargi raqib Pro Liganing kuchli jamoalaridan bir Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi bo'ldi. Bahsning ilk bo'limi to'liq mezbonlar ustunligi ostida o'tdi. Birinchi bo'limning 23 va 25 daqiqalarida Muhammadqodir Rahimberganov raqib darvozasini ikki bor aniq  nishonga oldi va birinchi bo'lim "Olympic" 2:0  hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 59 daqiqasida mehmonlar hujumchisi Malikshoh Rasulov hisobni bittaga qisqartirishga erishdi. Biroq "Olympic" futbolchilari 87 daqiqada ajoyib hujum tashkil  qilishdi va so'nggi zarbani Saidazamat Mirsaidov darvozaga yo'llab, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi. SHu tariqa, bugungi bahs 3:1 hisobida "Olympic"ning foydasiga hal bo'ldi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

"Olympic" - "Istiqlol" 3:1 (2:0)

Gollar: 23 - Muhammadqodir Rahimberganov 1:0, 25- Muhammadqodir Rahimberganov 2:0, 59 - Malikshoh Rasulov 2:1, 88 - Saidazamat Mirsaidov 3:1.

"Olympic": Xamidillo Abdunabiev, Javoxir Abdualiev, SHahzod Toirov, Xamid Rustamxonov, Ozod Ramazonov, Azamat Halilov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asad Karimov, Ruslan Jiyanov, Muhsin Normatov, SHohjahon Sultonmurodov.

Zaxiradan tushganlar: Vladimir Nazarov, Begzod SHamsiev, Eldor Begimov, Jalol Sadikov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo'riev, Farruxbek Muxtorov, Muhammadaziz Ibragimov, Timur Mamasidiqov, Otabek Jo'raqo'ziev, Alisher Odilov

"Istiqlol": Farruh Turdaliev, Ahror O'ktamov, Iqbol Boboxonov, Abduholid Qurbonov, Abbos Maxsitaliev, Sardor Sotvoldiev, Malikshoh Rasulov, Mansur Saidov, SHohruh Boyqo'ziev, Dilyor Ermatov, Elyor Mamasoliev.

Zaxiradan tushganlar: Rahmatillo O'ktamov, Dostonbek O'rinboev, Xushnud Bozorov, Doston Bobojonov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика