So’nggi yangiliklar

01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  0 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  1 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  4 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  12 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  77 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Timur Kapadze: Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgandi va buni uddaladik Yangiliklar

Timur Kapadze: Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgandi va buni uddaladik

Oq-tepa Olympic (2:4) uchrashuvidan so'ng Olympic jamoasi murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

«Oq-tepa» jamoasiga qarshi avval chempionat bahsida ham to'qnash kelgandik va o'sha bahsda ham bizga qiyinchilik tug'dirgandi. Bugun derbi bo'ldi, ancha yaxshi o'yin bo'lishi aniq edi. Jamoamizga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgandi va buni uddaladik. Bugungi o'yinda g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. “Oq-tepa”da ham bugun oxirgi imkoniyat edi. SHunga qarab bolalarni tayyorlashga harakat qildik. Futbolchilarim bugun yaxshi harakat qilishdi deb o'ylayman, ular o'yindan o'yinga yana-da yaxshi harakat qilishmoqda. Barchaga imkon berishga harakat qilmoqdamiz. “Zomin”ga qarshi bahsida ko'plab futbolchilarga o'ynash imkonini taqdim etdik. Bugungi bahsda ham bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdim. O'yindan o'yinga futbolchilarning taktik, jismoniy holati yana-da yaxshilanib bormoqda. Har bir o'yin bizga yangi narsalarni taqdim etmoqda. Hammaning o'z o'yin uslubi bor. Har bir o'yini yaxshilab tahlil qilmoqdamiz va bolalar taktik jihatdan rivojlanmoqda. Har bir o'yin biz uchun katta tajriba bo'lmoqda. O'yin davomida kim qanday harakat qildi, kim xato qildi. Barchasini tahlil qilamiz. Menimcha, barchasi yaxshi kechmoqda. Oldimizda yana bitta yaxshi to'qnashuv bor. Namanganda “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Qancha kuchli raqibga qarshi maydonga tushsak, biz uchun shunchali foydali bo'ladi. Kuchli jamoalarga qarshi o'yinlar orqali kamchiliklarimizni yaxshilab ko'rib olish imkoniga ega bo'lamiz. SHu sababli ham har bir raqiblarimizning o'yin uslubini ko'rib chiqishda davom etamiz. Raqibning har bir harakatiga tayyor turishimiz kerak. “Navbahor” super ligamizning kuchli jamoalaridan biri. O'z uyida ularni yaxshi o'yin ko'rsatishlarini yaxshi bilamiz. Lekin futbolchilar bu bahsda ham yaxshi o'yin ko'rsatishlariga va yaxshi tajriba olishlariga ishonaman.

Bugun «Olympic» futbolchilari bahsning birinchi bo'limida masalani hal qilishlari mumkin edi...

O'zi futbolda eng qiyini gol urish. Juda ko'p vaziyatlarda bolalar tezroq fikrlashlari lozim. Raqib jarima maydonida vaziyatni tezroq hal qilmasa, himoyachilar hujumni bartaraf etishga ulguradi. U erda hech kim vaqt bermaydi. O'sha vaqt kamligi sababli tezroq qaror qabul qilish kerak. SHu tarafda biroz oqsoqlanmoqdamiz. Lekin o'yin vaqtida ko'plab yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lmoqdamiz. Vaziyatlarda bazida tajriba, bazida omad etishmayapti. Vaziyatlarda to'g'ri variant topish eng qiyin vazifa hisoblanadi. CHunki raqib bunga imkon bermasligi mumkin. Asosisi vaziyat yaratmoqdamiz, bu esa yaxshi. Vaziyatlardan foydalanishni asta-sekinlik bilan o'rganmoqdamiz. Bu sekin sekin iziga tushib ketadi.

Futbolchilar juda chiroyli o'ynashga harakat qilishmoqda. Buning sababi bolalar hali ancha yoshligimi?

Albatta. To'g'risini aytganda, men ko'p narsada qiynalmoqdaman. Ularga qaerda qachon qaysi fintni amalga oshirish kerakligini o'rgatmoqdaman. CHunki ularning hayolida shu fint turibdi. Ular shuni hozir qilishim kerak degan xayol bilan harakat qilishadi. Biz har bir vaziyatni to'xtatib, yaxshilab tahlil qilamiz. Qaerda nima qilish kerakligini tushuntiramiz. Ular ham asta-sekinlik bilan tushunishmoqda. Qachon to'pni uzatish kerak, fint qiladigan va qilmaydigan vaziyatlarni ko'rsatmoqdamiz. Bu odat yoshlikdan qolgan narsa. O'ylaymanki, ular ancha tushunishmoqda. Menga qolsa, futbolchilarim istagancha fint qilishsin, faqat kerakli vaziyatlarda.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика