Futbol ishqibozi Yaponiyaning Kosta-Rikani mag'lub etishiga pul tikib, 180 ming dollar boy berdi
28 noy 2022 20:49
Yangiliklar


Futbol ishqibozi Yaponiyaning Kosta-Rikani mag'lub etishiga pul tikib, 180 ming dollar boy berdi
Futbol muxlisi jahon chempionatida kattagina mablag'dan mahrum bo'ldi.
TAB bukmekerining omadsiz ishtirokchisi Qatardagi mundialning 2-turi doirasida Yaponiyaning Kosta-Rikani mag'lub etishiga pul tikib, 181 482 AQSH dollarini yutqazib qo'ydi. Agarda uning omadi chopib, "samuraylar" g'alaba qozonganida, muxlis 272 223 AQSH dollari sohibiga aylanardi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv 1:0 hisobida kosta-rikaliklar foydasiga hal bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar