Futbol agenti: "O'runov hech kimga kerak emas"
02 sen 2022 16:30
Yangiliklar
Futbol agenti: "O'runov hech kimga kerak emas"
Taniqli futbol agenti Dmitriy Selyuk Oston O'runov "Spartak"dan ketganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Hech qachon hech qaerda o'ynamagan futbolchiga nega qiziqayotganingizga tushunmayapman. Uning kelajagi bormi? Gazizovning "Ufa"siga qaytishmi? O'runov kimga kerak? Balki "Ural"ga borar. "Spartak"ka o'tganida u maoshiga loyiq emas edi. Hozir hech bo'lmaganda "Ufa" klubini ushlab turish masalasi hal bo'ldi. Ular har doim pul yo'q, deb yig'laydilar. O'runov hech kimga kerak emas. Bunday futbolchilar juda ko'p, – deya Selyukning so'zlarini keltiradi "Match TV".
Eslatib o'tamiz, bugun "Spartak" klubi Oston O'runov bilan shartnomani bekor qilganini elon qildi. O'zbekistonlik futbolchiga "Ural" jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar chiqdi.
Selyuk 2020 yilda ham Oston O'runovni jiddiy tanqid qilgan edi.
Fikrlar