So’nggi yangiliklar

18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  4 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   0 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  2 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  3 15:38Роналду – энг яхши!  24 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1

Furqat Esonboev: "Nega "Paxtakor" futbolchilari termada ko'payib ketdi?" Yangiliklar

Furqat Esonboev: "Nega "Paxtakor" futbolchilari termada ko'payib ketdi?"

O'zbekistonlik murabbiy Furqat Esonboev "Futbol Ekspress" gazetasiga olimpiya terma jamoamizning U23 Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Natijaga javob beradigan murabbiy bor. Nimaga bunday bo'lganligi haqida endi u javob berishi kerak. Nega "Paxtakor"ning futbolchilari termadan ko'payib ketdi? Yigitlar esa o'yinga tayyor emas edi. Masalan, jarohati tufayli ko'p uchrashuvlarda o'ynamagan o'yinchini asosiy tarkibga tushirdi. O'yin amaliyotisiz qolgan futbolchilar maydonga tushirganidan keyin natija ham shunga yarasha bo'ladi-da!

Endi nima qilish kerak? Hozir bu haqda gapirsam unisi yoki bunisi oyog'imga bolta urishadi. O'zi shundoq ham to'g'risini gapirganim uchun hech qaerda ishlayotganim yo'q. Har qanday murabbiy ham xato qiladi. Mana, Mourino ham xato qildi. "CHelsi"dan ketgach uning o'rniga Xiddink keldi. Natija asta-sekin yaxshilanayapti. Xo'sh bu nimaning hisobiga? Demak, bu vaziyatda ko'proq murabbiy aybdor. Xorij klublarning yutuqlari yoki kamchiliklari haqida og'iz ko'pirtirib gapiramizu, lekin o'zimiznikiga kelganida oqsab qolayapmiz. Biz avval o'zimiznikini eplab olishimiz darkor, - deydi Furqat Esonboev. 

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика