"Fulxem" PSJ futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
8 sen 2020, 11:25
Premer-ligaga qaytgan "Fulxem" o'ziga yangi darvozabon qidirmoqda.

Angliya klubi Alfons Areolaning ijarasi bo'yicha PSJ bilan muzokaralar olib bormoqda.

Parijliklar o'tgan mavsumni ijara asosida Madridning "Real" klubida o'tkazgan o'yinchi bilan xayrlashishmoqchi.

Areola 2019/20 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 14ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SkySportsNews