Areola "Vest Xem"ga o'tishga yaqin

Alisher
25 iyun 2022
PSJ darvozaboni Alfons Areola tez orada "Vest Xem"ga to'laqonli asosda o'tishi kerak.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, bitim yakunlanish bosqichida.

Eslatib o'tamiz, Areola o'tgan mavsumni ijara asosida "Vest Xem"da o'tkazdi. Francuz APLda Lukas Fabyanskining o'rinbosari sifatida harakat qildi, ammo Yevropa Ligasida asosiy darvozabon rolini bajardi.

Areola PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo darvozabon yillar davomida jamoaning asosiy posboniga aylana olmadi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano