Frenki de Yong: "La Liga o'z qo'limizda. Agar biz barcha o'yinni yutsak, chempion bo'lamiz"
10 apr 2021 16:07
Yangiliklar
Frenki de Yong: "La Liga o'z qo'limizda. Agar biz barcha o'yinni yutsak, chempion bo'lamiz"
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong La Liga 30-tur doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"La Liga o'zimizning qo'limizda. Agar biz barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak, chempion bo'lamiz. Barchasi o'zimizga bog'liq. Klasikodagi g'alaba - bu juda muhim. Bunday natija bizni maqsadga yaqinlashtirar edi, ammo menimcha bu o'yin hal qiluvchi bo'lmaydi.
Klasikodagi g'alaba yoki mag'lubiyat bizning La Ligani yutishimizni yoki yutqazishimizni anglatmaydi.
"Real"ga qarshi o'yinda doim katta bosim bo'ladi. Bugungi klasiko oldingilaridan farq qilmaydi. Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz. Klasiko yaqinlashavergani sayin, sen qo'shimcha bosimni his etasan", - deydi de Yong.
"Barselona" "Real" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi. Saytimizda o'yin borasida barcha malumotlar tezkorlik bilan berib boriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar