Frenk Lempard "Everton"dan istefoga chiqarilishga yaqin
22 jan 2023 13:27
Yangiliklar
Frenk Lempard "Everton"dan istefoga chiqarilishga yaqin
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard istefoga yaqin.
Klub rahbariyati so'nggi natijalardan norozi. Ular Lempardning istefosini jiddiy ko'rib chiqishmoqda va jamoani mavsum yakuniga ko'ra APLda olib qolishga yordam beradigan yangi mutaxassis qidirishmoqda.
Lempard "Everton"ni 2022 yilning yanvaridan beri boshqaradi. Jamoa 21 yanvar kuni "Vest Xem" (0:2)ga yutqazdi va Angliya chempionatidagi g'alabasiz seriyasini sakkizta o'yinga etkazdi.
"Ko'klar" hozirda 20 o'yindan so'ng 15 ochko bilan jadvalda 19-o'rinda borishmoqda.
Fikrlar