Fred: "Ukrainani irqchi davlat deb o'ylagandim, ammo Angliyada bundan jabr ko'rishni boshladim"
29 may 2021 09:55
Yangiliklar


Fred: "Ukrainani irqchi davlat deb o'ylagandim, ammo Angliyada bundan jabr ko'rishni boshladim"
Yarim himoyachining takidlashicha, u Angliyada Ukrainaga qaraganda ko'proq irqiy kamsitishga uchragan. Fred 2019 yilda "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda bo'lgan vaziyatni esladi. Braziliyalik burchak to'pini o'yinga kiritayotgan paytida unga olov yondirgich va boshqa narsalar otilgan. Bir muxlis esa o'yinchini ko'rsatib maymun imo-ishoralarini ko'rsatgan.
"Men Ukrainani irqchi mamlakat deb o'ylagandim, ammo u erda menda muammo bo'lmagan. Bundan Angliyada jabr ko'rishni boshladim. Bu men uchun hech narsani o'zgartirmadi, bizning jamiyatimizda irqchilik doim qoladi. Bu yomon, ammo biz bunga qarshi turishimiz kerak. Menga irqchilik munosabatida bo'lgan bu yigitni ura olmadim. Siz his-tuyg'ular bilan kurashishingiz kerak", - deydi Fred.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar