Frank Riberi "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin
10 avg 2019 16:15
Yangiliklar


Frank Riberi "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin
"Bavariya" sobiq yarim himoyachisi Frank Riberi Moskvaning "Lokomotiv" klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Xabarlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Riberi yakunlangan mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assistga erishgan.
Futbolchi faoliyatini Franciyaning "Bulon" klubida boshlagan. U "Bavariya" va "Bulon"dan tashqari "Olimpik Ales", "Brest", "Mec", "Galatasaroy" va "Marsel" kabi jamoalarda ham o'ynagan.
"Bavariya"ning sobiq o'yinchisi terma jamoa safida 2006-2014 yillar davomida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar