Frank Riberi: "Franciyada hammaga faqat Ronaldu va Messi qiziq"
14 noy 2013 16:53
Yangiliklar

Frank Riberi: "Franciyada hammaga faqat Ronaldu va Messi qiziq"
"Oltin to'p"ga davogarlar orasida favoritlardan biri hisoblangan "Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi, jamoatchilik tomonidan unga qo'llab-quvvatlash etishmayotganidan nolidi.
Uning so'zlariga ko'ra, Franciyada ham ko'proq Ronaldu va Messi uchun qayg'urishadi.
"Oltin to'p" uchun baxsda autsayder bo'lamanmi? Bir nima deyish qiyin. Lekin, ochig'ini tan olganda, hozirgidan ko'ra yaxshiroq qo'llab-quvvatlashga ega bo'lishim ham mumkin edi deb o'ylagandim. Bazan shunday tuyuladiki, go'yo franciyaliklarga ham Messi va Ronaldu ancha qiziqroqdek. 2013 yil men uchun juda omadli keldi. Yil davomida yaxshi o'yin ko'rsatdim va "Bavariya" bilan ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdim. "Oltin to'p" nafayat men uchun, balki oilam uchun ham faxr va sharaf bo'lardi", dedi Riberi.

Fikrlar