Frank de Bur Niderlandiya terma jamoasida antirekord qayd etmoqda
15 okt 2020 09:00
Yangiliklar
Frank de Bur Niderlandiya terma jamoasida antirekord qayd etmoqda
Niderlandiya terma jamoasi Millatlar Ligasi musobaqasi 4-turida Italiya bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Avvalroq niderlandlar Bosniya va Gercegovina termasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynab, Meksikaga o'rtoqlik bellashuvida 0:1 hisobida yutqazgandi. Ushbu natijalar terma jamoa boshqaruviga Frank de Bur kelgach qayd etildi. SHu tariqa de Bur milliy jamoa boshqaruvidagi dastlabki 3 ta o'yinda bitta ham g'alaba qozona olmadi.
Frank Niderlandiya terma jamoasi bilan bunday natija qayd etgan tarixdagi uchinchi murabbiy bo'ldi. Avvalroq bunday antirekordni Dik Advokat (1 ta durang, 2 ta mag'lubiyat — 1992) hamda Bill Taunli (2 ta durang, 1 ta mag'lubiyat — 1924) qayd etgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar