Franciya termasida bosh murabbiy almashadiganga o'xshaydi
07 sen 2021 01:24
Yangiliklar
Franciya termasida bosh murabbiy almashadiganga o'xshaydi
Ketma-ket besh o'yinda yuta olmagan Franciya termasi ichidagi atmosfera yomonlashgan..
"L‘Équipe" xabariga ko'ra, garchi Evro-2020da 4 gol urib, termasining to'purari bo'lganiga qaramasdan, Karim Benzemaning termaga qaytishi kiyim almashtirish xonasidagi muvozanatni buzgan.
Undan tashqari, terma ustozi Dide Desham futbolchilarga engil munosabatda bo'lmoqda va ko'p ishlarni ularning o'ziga topshirib qo'yib, nazorat qilmay qo'ygan. Aslida terma futbolchilari JCH-2018dan oldin ham Deshamdan rozi bo'lmagan, biroq mundial g'olibligi ularning orasidagi masofani qisqartirgandi.
Hozirda terma futbolchilari alohida guruhlarga bo'linib olgan. SHu boisdan terma posboni Ugo Loris Ukrainaga qarshi o'yindan keyin jamoaviylik etishmagani haqida gapirgan.
Ertaga franciyaliklar o'z maydonida Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar