Fransiya termasida bosh murabbiy almashadiganga o'xshaydi

Mirjalol Normatov
7 sen 2021, 01:24
Ketma-ket besh o'yinda yuta olmagan Fransiya termasi ichidagi atmosfera yomonlashgan..

"L‘Équipe" xabariga ko'ra, garchi Evro-2020da 4 gol urib, termasining to'purari bo'lganiga qaramasdan, Karim Benzemaning termaga qaytishi kiyim almashtirish xonasidagi muvozanatni buzgan.

Undan tashqari, terma ustozi Dide Desham futbolchilarga engil munosabatda bo'lmoqda va ko'p ishlarni ularning o'ziga topshirib qo'yib, nazorat qilmay qo'ygan. Aslida terma futbolchilari JCH-2018dan oldin ham Deshamdan rozi bo'lmagan, biroq mundial g'olibligi ularning orasidagi masofani qisqartirgandi.

Hozirda terma futbolchilari alohida guruhlarga bo'linib olgan. Shu boisdan terma posboni Ugo Loris Ukrainaga qarshi o'yindan keyin jamoaviylik yetishmagani haqida gapirgan.

Ertaga fransiyaliklar o'z maydonida Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L‘Équipe