So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  4 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  12 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  6 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  11 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  2 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  11 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   4

Franciya hukumati CHempionlar Ligasi finalidagi tartibsizlikda Kloppni aybladi Yangiliklar

Franciya hukumati CHempionlar Ligasi finalidagi tartibsizlikda Kloppni aybladi

Franciya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen "Real" va "Liverpul" (1:0) o'rtasidagi CHempionlar Ligasi final o'yinidagi tartibsizlik haqida gapirdi.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi kerak edi, ammo u muxlislar bilan to'qnashuv sabab 36 daqiqaga kechikdi.

"Futbolda bunday muammolar faqatgina ayrim Angliya klublari ishtirokida bor. Bunday katta miqdordagi chiptasiz angliyalik muxlislarning bo'lishi oldin ham bo'lgan, ayniqsa 2019 yilda Madridda. Bu shunga o'xshash qiyinchiliklarni yuzaga keltirgandi. SHunday muammolar 2021 yilda "Uembli" stadionida ham kuzatilgan. Xulq-atvor, tartibsizlik va katta qalbaki chiptalar bozori".

Franciya ichki ishlar vaziri tartibsizlikda "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppni aybladi.

"Eslatib o'taman, aynan Klopp bir necha kun oldin hatto chiptalari bo'lmasa ham "Liverpul" muxlislarini Franciyaga kelishga chorlagandi. Biz o'nlab va minglab ingliz muxlislariga ega bo'ldik, ularning bazilari bizni hurmat qilishdi va chipta xarid qilgan holda maxsus fan-zonasiga borishdi. Eslatib o'taman, fan-xonasidagi minglab muxlislarda muammo yo'q edi, ammo bizning xavfsizlik tizimimiz bilan ularning kamroq, ammo faol qismi to'qnash keldi", - deydi u.

O'yinchi Sen-Deni (Franciya)dagi "Stad de Frans"da bo'lib o'tdi. Bahs "Real" g'alaba qozondi va 14-chempionligini qo'lga kiritdi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика