Franciya – Germaniya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA
04 iyu 2014 22:56
Yangiliklar
Franciya – Germaniya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA
Jahon chempionatining dastlabki chorak finali doirasidagi Franciya – Germaniya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi
JCH-2014. 1/4 final
FRANCIYA - GERMANIYA 0:1
Rio-de-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)
GOL: Xummels, 13 - 0:1
Franciya: 1.Ugo Loris, 2.Mate Debyushi, 4.Rafael Varan, 5.Mamadu Saxo (21.Loran Koselni, 72), 3.Patris Evra, 6.Yoan Kabay (20.Loik Remi, 74), 19.Pol Pogba, 14.Blez Matuidi, 8.Mate Valbuena (9.Olive Jiru, 84), 10.Karim Benzema, 11.Antuan Grizmann
Germaniya: 1.Manuel Noyer, 16.Filipp Lam, 4.Benedikt Xovedes, 5.Mats Xummels, 20.Jerom Boateng, 6.Sami Xedira, 7.Bastian SHvaynshtayger, 18.Toni Kroos (23.Kristof Kramer, 90+2), 8.Mesut Ozil (19.Mario Gyotce, 82), 13.Tomas Myuller, 11.Miroslav Kloze (9.Andre SHyurlle, 69)
Ogohlantirishlar: Xedira 54, SHvaynshtayger 80.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Bo'ldi o'yin tugadi! Germaniya ketma-ket to'rtinchi marta Jahon chempionati yarim finaliga yo'llanma oldi! Ushbu jamoaning barcha muxlislarini tabriklaymiz. Franciya muxlismisiz? Sabr tilaymiz, futbolda har doim ham g'alaba qozonib bo'lmaydi.
90+4. BENZEMAAAAAAAAAAAAA! NOYEEEEEEEEEEEEER! QOYILMAQOM REAKCIYAYAYAYAYAYAYA! Karim hozir Franciyani qutqarishi mumkin edi, bo'lmadi!
90+3. Pogba maydon markazida raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi. Germaniya muxlislari bayramni boshlab yuborishgan, to'ylar muboraaaak!)
90+1. O'zgarish. Germaniya. Kroos o'rniga Kramer tushmoqda
90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi
89. Xavfli vaziyat! Benzema va Pogba devor uslubida o'ynashdi, ammo o'yindan tashqari atalmish qoida ularga xalal berdi
88. Franciya shoshma shosharlik bilan o'ynamoqda.
87. SHYURLEEEEEEEE! 2! Myuller o'ng qanotdan oldinga o'tib ajoyib pas berdi, SHyurllening zarbasi yo'liga Varan to'g'anoq bo'ldi!
87. Germaniya ancha osonlik bilan hisobni saqlab turibdi
85. O'yin tugab bormoqda, franciyalik muxlislar jiiiiiiiim o'tirishibdi.
84. O'zgarish. Franciya. Valbuena o'rniga Jiru tushdi
84. SHyurlle burchak to'pi ishlab oldi, Kroos to'pni tepib beradi
83. O'zgarish. Germaniya. Ozil o'rniga Gyotce tushdi
82. SHYURLLEEEEEEEE! Nimalar qilayapsan! Germaniyaning tezkor qarshi hujumi! Ozilning pasidan so'ng Myuller zarba bera olmadi, undan o'tib ketgan to'pni SHyurlle darvozaga sekin yo'llab qo'ydi, Loris oyoqlari bilan to'pni qaytardi!
81. Xavfli vaziyat!!! Valbuenaning pasidan so'ng Xummels sal qolsa o'z darvozasiga to'pni kiritib qo'yishi mumkin edi. Uyga borib bugun ikkita gol urdim deyishi mumkin ediya)
80. SHyurlle qanotda Evrani oyog'iga tepdi, hakam jarima to'pini belgiladi.
79. Ogohlantirish. Germaniya. SHvaynshtayger
78. Franciya uyg'ondimi? Ko'ramiz, ko'ramiz.
77. MATYUIDIIIIIIII! NOYEEEEEEEEEEER! Ajoyib zarba va ajoyib seyv!
76. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Benzema qabul qilib darvozaga zarba berdi, Xummels to'p yo'liga qalqon bo'ldi!
75. Franciya himoyada ko'p xato qilmoqda, Myuller hozir sherigiga ajoyib pas oshirdi, ammo o'xshamadi
74. SHyurllening zarbasidan so'ng Loris to'pni ushlab oldi, Valbuenaning zarbasi noaniq ketdi
73. O'zgarish. Franciya. Kabay o'rniga Loik Remi tushdi
73. Grizmann! O'ng qanot Xummelsni ortda qoldirdi va zarba berdi, noaniq!
72. O'zgarish. Franciya. Saxo o'rniga Koselni tushdi, boyagi xato uchunmikan?
71. Nemislar sekinlik bilan hisobni saqlab qolishga urinishmoqda
70. SAXO! Qanday xato u to'pni raqibga oshirib berdi. Myullerning zarbasi biroz noaniq ketdi!
69. O'zgarish. Germaniya. Kloze o'rniga SHyurlle tushdi. Bugun rekord yangilanmaydigan bo'ldi
67. Olive Jiru ham maydon chetida shug'ullanmoqda...
66. Maydonga SHyurlle tushishga tayyorlanmoqda
65. Desham to'pni ketidan quvib yuribdi, har bir soniya ular uchun qadrli. SHunaqa
64. Bosh hakam Benzema to'pni qabul qilishda qo'lidan foydalandi deb topdi.
62. Kichkiiiiinagina Valbuena SHvaynshtaygerrrrr bilan to'qnashib ketdi! Albatta francuz maydonda yotibdi.
61. Uchrashuv fotolarini kuzatib borayapsizlarmi?
60. Xavfli vaziyat! VARAN! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Varan baland sakrab boshi bilan darvozaga zarba berdi, Noyerga balli!
59. Matyuidi! Sal qolishga sal qoldi. CHap qanotdan oshirgan to'pini SHvaynshtayger maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
58. O'yin chiroyli emas, ikkala jamoa natija uchun o'ynamoqda. Bu tushunarli
56. Franciyaning tezkor hujumi! Valbuena to'p bilan jarima maydoni ichida darvozaga zarba bera olmadi
55. Kroos 25 metrlardan zarba berdi, noaniq va kuchiz!
54. Ogohlantirish. Germaniya. Xedira
53. Germaniya katta kuch bilan hujumga o'tdi, ammo o'ng qanotdan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi.
50. Matyuidi raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi, ammo to'pni sheriklariga oshira olmadi
49. Franciya jarima to'piga ega bo'ldi. Valbuenaning oshirgan to'piga Evra zarba berishga urindi, u to'pga eta olmadi!
47. Germaniyaning hujumi besamar ketdi, Myuller boshi bilan darvozaga zarba bera olmadi
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha Germaniya oldinda. 15 daqiqadan so'ng shu erda to'planamiz!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
43. Benzema! To'pni qizg'ondi va zarba berdi. Noyer yosh bola emas bunday zarbalarni o'tkazib yuboradigan.
42. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan oshirilgan to'pni Benzema boshi bilan darvozaga yo'lladi, Xummels qorni bilan to'pni qaytardi!
40. Kroos jarima to'pini amalga oshirdi, himoyachilar bu safar birinchi goldagi kabi xato qilishmadi
39. Hozircha francuzlar safida eng faol o'ynayotgan futbolchi bu Debyushi
38. Barchasi joyida o'yin davom etadi.
36. Fracuzlar raqibning navbatdagi hujumini bir amallab qaytarishdi. Kloze zarba berishiga Debyushi imkon bermadi. Ushbu vaziyatda to'p kutilmaganda Xediraning yuziga tegdi, Sami kichik nokdaun holatiga tushib qoldi
35. Franciyaning ketma ket ikkita burchak to'pi xavfli chiqdi
34. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Valbuenaning zarbasini Noyer qaytardi, qaytgan to'pni Benzema darvozaga yo'llay olmadi! Noyerga qoyil!!
32. Germaniya juda engil o'ynamoqda, Franciya esa hujum qila olmayapti
30. Ozilning pasidan so'ng Xovedes darvozaga noaniq zarba berdi, burchak to'pini Varan qaytardi
29. Evra jarima maydoni yonida Klozeni tepib yiqitdi! Jarima to'piga nemislar ega bo'lishadi
28. Franciyaning hujumlari doim bir xil chiqmoqda, uzoq masofadan jarima maydoniga havodan to'p uzatiladi, himoyachilar yoki Noyer to'pga ega chiqadi
26. Franciyalik chiroylikkina qizlar xafa bo'lib o'tirishibdi. Futbolni faqat erkaklar sevishmaydi!
25. Evra! Myullerga jarima maydoni ichida imkon bermadi, qoyil
24. Kloze raqib jarima maydoni ichida yiqildi, bosh hakam Nestor Pitana bu vaziyatda penalti yo'q deb topdi
23. Benzema "xizmat doirasidan tashqariga" tushib qoldi
22. Ha, nemislar ham odam. Ular ham xato qilishadi. Hozir bir daqiqa ichida ikki bor oddiy vaziyatda noaniq pas berildi
20. Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha Germaniya oldinda. Bironta burchak to'pi bo'lmaganiga etibor qaratish mumkin
17. Franciyaning katta kuch bilan tashkil etgan hujumi noaniq pas tufayli oxiriga etmadi. Noyer to'pga ega chiqdi
16. Franciya bu mundialda birinchi marta birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi.
14. Endi bahs qiziqarliroq kechishini kutamiz.
13. Toni Kroos jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib berdi. Xummels boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Himoyachi mundialdagi ikkinchi golini urdi!
13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XUMMELS! 0:1
12. GRIZMANN!!! CHap qanotdan jarima maydoniga kirib borib to'pni Benzemaga oshira olmadi!
11. O'yin u qadar yorqin emas, nafislik yo'q umuman.
10. Jamoalar "ekonom rejim"da o'ynashmoqda
8. Valbuenaning chiroyli pasidan so'ng Benzema to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi! Biroz noaniq
6. Xedira! Raqib jarima maydoni ichida Kroosga to'pni noaniq uzatdi
5. Translyaciya rejissyorlari Riodagi eng mashhur haykalning fonida stadionni namoyish etishdi. Bundan qanday xulosa keladi? O'yin hozircha u qadar shiddatli tus olmayapti.
4. Nemislar ustunlikni o'z qo'llariga olishmoqda...
3. Myuller o'ng qanotda to'pni egallab olib Kroosga oshirdi, Tonining zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.
1. Uchrashuv boshidanoq Kloze raqib jarima maydoni ichida to'p uchun kurashmoqda, Noyer esa deyarli maydon markazida yuribdi. Odatiy holat.
- DIQQAT! O'yin boshlandi! Qani kettu!
- Deshamning kayfiyati chog', Lyov esa jiddiy qiyofada...
- Franciyada Evra, Matyuidi, Pogba, Germaniyada Xovedes va Lam. Mana shu futbolchilar bugun sariq olishsa yarim finalda o'ynay olishmaydi.
- Demak o'yin boshlanishiga barchasi tayyor. Jamoalar say no to racism deb yozilgan banner oldida rasmga tushishdi.
- Madhiyalardan oldin ikkala jamoa sardorlari futbolda irqchilikka joy yo'qligi borasida nutq so'zlashmoqda. Haqiqatdan ham irqchilikka yo'q deymiz! no to racism
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Navbat ikkala davlat madhiyalariga... eshitamiz
- "Marakana" stadioniga yig'ilgan muxlislar bayramni boshlab yuborishgan. Ikkala jamoa muxlislari bugungi bahsni sabrsizlik bilan kutishmoqda. Xuddi biz kabi.
- Bu ikki jamoa shu kunga qadar 25 bor to'qnash kelgan. 11 marta francuzlar, 8 marta nemislar zafar quchishgan. 6 bor durang qayd etilgan.
- Uchrashuvda qaysi jamoa g'alaba qozonadi? Bu boradagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashing.
- Franciya va Germaniya o'rtasidagi bahsni Narzulla Saydullaev kuzatib boradi. Zerikib qolmaysiz degan umiddamiz...
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Jahon chempionati yana qaytdi. Mundial o'yinlari yana biz bilan! Barchangizni tabriklaymiz!
- O'yin soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar