Franciya. Di Mariya - dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi
18 jan 2016 07:57
Yangiliklar


Franciya. Di Mariya - dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya dekabr oyida Franciya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Argentinalik xavbek Franciya professional futbolchilar associaciyasi (UNFP) so'rovnomasida 41% ovoz olib g'olib bo'ldi.
Ikkinchi o'rinda Anjer vakili SHeyk Ndoye (39%) qayd etildi. Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich (20%) yakunlab berdi.
Dekabr oyida Di Mariya 4ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urib 4ta golli pas oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar