Francis Narx: "Bunyodkor"da o'zimni baxtli his qilmoqdaman"
23 apr 2022 18:13
Yangiliklar
Francis Narx: "Bunyodkor"da o'zimni baxtli his qilmoqdaman"
Mezbonlar yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng qishki transfer oynasida "qaldig'ochlar" tarkibiga kelib qo'shilgan ganalik vinger Francis Narx saytimizga fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida fikrlaringiz...
- Diqqat etiborimiz faqat g'alabaga qaratilgandi. Uyda kechgan avvalgi uchrashuvda ko'p hujum qilib yakunda alamli durang qayd etgan edik. Guruhdan chiqishimizni hal qilib beruvchi muhim o'yinda yutuqni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Endilikda keyingi o'yin haqida o'ylaymiz. Bizni oson bo'lmagan safar kutmoqda.
- Bu o'yinda "Bunyodkor" ga oson bo'lgandek taassurot qoldirdi...
- Har bir o'yinimiz qiyin buladi. Ammo bu o'yinda imkoniyatlarimizdan foydalanib ko'p gol urdik. Bor gap shu.
- Yangi jamoangizga ko'nikish jarayoni qanday kechmoqda? Til buyicha muammo yuqmi?
- O'zbekistondagi futbol darajasi judayam yahshi ekan, bu erda kuproq taktikaga urg'u berishadi. Rus tilini biroz bilishim jamoaga moslashishimda yordam bermoqda. "Bunyodkor" jamoasida men o'zimni baxtli his qilmoqdaman. Hozir aytib o'tganimdek rus tilida kam bo'lsada, gapira olaman. CHunki Belarus chempionatida to'p tepganimda bu borada ko'nikma olgandim.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar