"France Football" futbol tarixidagi eng yaxshi hujumkor yarim himoyachini tanlamoqda

Mirjalol Normatov
13 okt 2020, 00:42
Fransiyaning "France Football" jurnali futbol tarixidagi eng yaxshi hujumkor yarim himoyachini aniqlash borasida 20 kishilik nomzodni ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ro'yxatdan quyidagilar o'rin olishdi:

Roberto Badjo (Italiya), George Xadji (Ruminiya), Bobbi Charlton (Angliya), Andres Inesta (Ispaniya), Alfredo Di Stefano (Argentina, Ispaniya), Raymon Kopa (Fransiya), Enco Francheskoli (Urugvay), Ladislao Kubala (Vengriya), Rud Gullit (Niderlandiya), Diego Maradona (Argentina), Sandro Maccola (Italiya), Xuan Alberto Skyaffino (Urugvay), Pele (Braziliya), Sokrates (Braziliya), Mishel Platini (Fransiya), Franchesko Totti (Italiya), Ferenc Pushkash (Vengriya), Ziko (Braziliya), Janni Rivera (Italiya), Zinedin Zidan (Fransiya).

Nashr futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat 3-4-3 sxemasidagi ramziy termani tuzib chiqmoqchi. Bu esa dekabr oyida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football