So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  20 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Katanec "bombardir"larni terma jamoaga chaqirmagan Yangiliklar

Katanec "bombardir"larni terma jamoaga chaqirmagan

Bu haqda Championat.asia jurnalisti xabar beryapti.

"Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 19-27 sentyabr kunlari Janubiy Koreyada yig'in o'tkazadi. Saytimizga malum bo'lishicha, unga jalb etiladigan futbolchilarning (kengaytirilgan) ro'yxati allaqachon shakllantirilgan va ulardan viza uchun kerakli hujjatlar so'ralgan.

O'FAga yaqin manbalardan ayni paytda eng yaxshi sport formada bo'lgan hujumchilar chaqiruv olmaganini aniqladik.

Gap Superliga to'purari bo'lib turgan Temurxo'ja Abduxoliqov va kuni kucha "So'g'diyona"ni OFK kubogi yarim finaliga olib chiqqan SHohruz Norxonov haqida ketyapti. SHuningdek, Belarusni yondirayotgan Bobir Abdixoliqov ham ro'yxatga kiritilmagan. 

Kimdir u o'ynayotgan chempionat saviyasini shubha ostiga qo'yishi mumkin. Unutmaslik kerak: Yaxshiboev 27 uyinda 16 ta gol urgani uchun ko'klarga ko'tarilgan ligada Bobir 19 o'yinda 19+5 ochko to'pladi.

Gap terma jamoa haqida ekan, o'yinchilarni tanlashda 2 xil standart bo'lmasligi kerak. SHaxsan o'zimga qaysi forvardlar chaqiruv olgani juda qiziq. 

P/s. Yodingizda bo'lsa, janob Katanec "Navro'z kubogi"da tarkib bo'yicha berilgan savollari tufayli jurnalistlardan xafa bo'lgandi. Milliy jamoamiz ustozi shunaqa holat takrorlanishini xohlasama, Janbuiy Koreyaga jo'nab ketish oldidan matbuot anjumanida mahalliy hamkasblarimizning qarshisiga chiqishi kerak. Bu hamma uchun yaxshi bo'ladi", — deydi Faxriddin Ro'ziev.

Muallif :
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика