Fozil Musaev "Metallurg" azosiga aylandi Yangiliklar

Fozil Musaev "Metallurg" azosiga aylandi

"Metallurg" klubi matbuot xizmati tajribali futbolchi bilan shartnoma imzolanganini malum qildi.

"Toshkent viloyatida tavallud topib, nomdor futbolchilardan biriga aylangan, ko'p yillar O'zbekiston terma jamoasi sharafini xalqaro maydonlarda himoya etgan Fozil Musaev yangi mavsumda “Metallurg” jamoasi libosida maydonga tushadigan bo'ldi. “Metallurg” PFK o'z tarkibiga tajribali yarim himoyachini qo'shib oldi.

Fozil Musaev 1989 yilning 2 yanvar sanasida Toshkent viloyatida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatini Qarshining “Nasaf” jamoasida boshlagan. Keyinchalik mamlakatimizning “Mashal”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Turon” jamoalarida o'ynadi. Qatarning “Al Muattar”, Eronning “Sepaxon”, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” jamoalari sharafini himoya etdi. Xorijdagi faoliyatini ham qo'shib hisoblaganda kuchlilar safida 278 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 42 marta ogohlantirilgan.

33 yoshli o'yinchi O'zbekiston vice-chempioni (2011, 2014), O'zbekiston kubogi sohibi (2014), mamlakat kubogi finalchisi (2011, 2012), superkubok finalchisi (2014), Eron Islom Respublikasi chempioni (2014/15),  OFK kubogi sohibi (2011) bo'lgan. O'zbekiston o'smirlar (2007-2008), yoshlar (2009-2011) va milliy (2009-2015) terma jamoalari safiga muntazam jalb etilgan", – deyiladi klub rasmiy xabarida.

Malumot uchun, Musaev o'tgan mavsumda "Turon" safida 20 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика