So’nggi yangiliklar

23:11Элдор Шомуродов учун қайси вариант қулайроқ? Илёс Зейтуллаев фикрини айтди  2 23:09Франция чемпионати старт олмоқда! "Гавр" - ПСЖ баҳси асосий таркиблари билан танишинг  1 22:53АПЛ старт олмоқда! "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" баҳси асосий таркиблари маълум  3 22:48Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйиндан мухлислар ютди"  2 22:32Вадим Абрамов: "Бизнинг пенальти нега бекор қилинганига тушунмадим"  4 22:25Суперлига. "Қизилқум" - "Насаф" 0:1, Бозоровдан супергол!  0 22:16Шерзод Эсанов: "Катта режаларим бор, уларни босқичма-босқич амалга ошираман"  7 22:03Суперлига. "Насаф" 70 дақиқа бир киши кам бўлиб "меҳмон"да "Қизилқум"ни мағлуб этди. Бозоровдан эса супер гол  92 21:34"Пахтакор"нинг Элит Чемпионлар Лигасидаги ўйинлар тақвими маълум қилинди  6 21:25Суперлига. "Динамо" - ОКМК 3:2, Ҳалилов сўнги сонияда ҳимоячининг оёқлари орасидан гол урди  4 21:15Эрон. "Истиқлол" учун мавсум бошланди, Машарипов асосий таркибда  0 21:09Ўзбекистон футзал термасининг Португалияга қарши баҳс учун таркиби эълон қилинди  1 20:41Эрон. "Фулад"нинг таркиби эълон қилинди, Ўткир Юсупов янги жамоасида дебют қиладими?  7 20:33Жалолиддин Машарипов: "Ўзимнинг собиқ жамоаларимга қарши ўйнайдиган бўлдим"  9 20:20Суперлига. Самарқанддаги оловли ўйинда "Динамо" ОКМК устидан ғалаба қозонди  81

Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 2-kun kundaligi, Koreyslar mag'lub etildi Yangiliklar

Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 2-kun kundaligi, Koreyslar mag'lub etildi

Kecha kundalik so'nggida futbol o'ynashimiz haqida yozgandim.
So'nggi yillarda O'zbekistonda ham suniy maydonlar juda ko'payib ketdi. Bir soat miriqib futbol o'ynash uchun hududiga qarab 35-60 ming so'm to'lashingiz kerak. Bu borada Koreyada ko'cha futboliga yaratilgan sharoit alo darajada. Deyarli har bir mavzening o'z bepul sport inshootlari mavjud. Istang tennis, istang basketbol o'ynang. Tong sahar jismoniy mashg'ulotlarni o'tkazishingiz mumkin. Aniq aytishim mumkin, bizda bironta birinchi liga jamoasida ham bunday sharoit mavjud emas. Biz esa futbol o'ynadik.

Avvaliga turar joyimiz yaqinidagi stadionga bordik. Baxtimga u erda futbol o'ynashayotgan ekan. Baxtimga deyishimning sababi, rosmana futbol maydoni, bo'lib ham 7 metrlik darvoza menga juda katta-da. Bundoq olib qarasa, bu darvoza bizning posbonlarga ham so'nggi yillarda kattalik qilayotganga o'xshaydi. SHu bilan boshqa mavzega yo'l oldik. U erda menbop futzal maydoni bor edi. Biz borganimizda to'rtta jamoa 3ta golgacha o'ynashayotgandi. Yani, birinchi bo'lib 3ta gol o'tkazib yuborgan jamoa maydonni tark etadi. Vaqt esa chegaralanmagan. 2:0 hisobini bir soat ham ushlab turishingiz mumkin.




Biz tomonimizdan tor-mor etilgan koreyslar

CHamasi 40 daqiqadan keyin bizning gal keldi. Biz o'zbeklar 5 kishi, tarkibimizda Seul akademiyasida tahsil olayotgan "Al Ahli" ishqibozi Saad bor edi. O'yindan avval unga simulyaciya ishlatmasligini aytganimda kulib yubordi. Qonida bor-da, ammo bola tushmagur baribir o'xshatdi.

O'yinga tushiboq ikkita gol o'tkazsak bo'ladimi. Keyin "MYU" bo'lib ketdik, qo'ying shu "MYU"ni O'zbekiston - Quvayt o'yini bo'ldi deylik. Safimizdagi do'stimiz "MYU"ning ashaddiy muxlisi ekan, futbolkasining orqasiga, "Moyes bo'shsan" deb yozib olgandi. Xullas ilk o'yinda 3:2 hisobda g'alaba qozondi. Keyinggi ikkita raqib ham 3:0 va 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. 1 soatdan oshiq o'ynab qo'yganimiz bois jismonan charchagandik. Bundan vetnamliklar foydalanib qolishdi, ular gol uradi, biz javob qaytaramiz. 2:1 hisobi biz uchun qaltis edi. Uchta koreysni mag'lubiyatga uchratib, Vetnamga yutqazish bizning oriyatimizga to'g'ri kelmasdi. Yakunda baribir g'alaba qozondik. Qarsaklar, oooo... Mashhur bo'lish mazza ekan, endi yulduzlik kasaliga chalinayotgan edim hamki, fotomuxbir ekanligim yodimga tushib qoldi. Afsus, afsus futbolchi bo'lish baxti bizga sazovor bo'lmagan. SHuning uchun futbolni suiistemol qilayotganlarni ko'rsam jig'ibiyron bo'laman.




SHahar policiyasi kunu tun obektlarni qo'riqlashyapti

Bugun O'zbekiston MOQ menga kecha vada qilingan VIP ruxsatnomani qo'limga tutqazishdi. Buning uchun MOQ vakillariga rahmat aytaman. Endi istasam sport shaharchasida, istasam media shaharchada ishlab yuraveraman.

Media markazda seki-asta ish qaynay boshlayapti. Dunyoga mashhur ikkita brend kompaniya, "Nikon" va "Canon" bepul ustaxonani ochib qo'ygan. Tushimga ham kirmagan qimmat apparatlarni ijara asosida ishlatish huquqiga ham egaman. Media shaharchada ikkita taylandlikni reportaj tayyorlayotganini ko'rib yig'lab yuboray dedim. Boisi bizda hatto o'yinni ko'rish imkoniyatiga ham ega emassiz. Media markazga kirsam, yana bir necha nafar taylandliklar yurishibdi. Hammasining o'z vazifasi bor.




Incheon logotipi bulutlar tagida chiroyli ko'rinish olgan

Nuqul Sizlar ham JCHga bormadingiz deb qo'ymagan o'quvchilarimiz, mana endi Sizning kuningiz keldi. Keling, shu erda JCHga oid bir narsani aytsam. Agar istaganimizda biz ham JCHga borardik. JCH boshlanishi oldidan O'FF matbuot bo'limi boshlig'i bu haqda so'ragan ham. Qoidaga ko'ra O'zbekistondan 4 nafargina jurnalist borishi mumkin edi. Ammo bizga JCHning qizig'i yo'q edi. Baribir saytimizning asosiy maqsadi o'zbek futbolini targ'ib qilish. JCHni TV va FIFAning bir qator manbalari orqali huddi o'sha erda turgandek yoritish mumkin edi. Koreyani esa bunday qila olmasdik. Koreya rejasi 2013 tuzilgan edi. Braziliya va Koreya o'rtasidagi narx deyarli bir xil. Bu erda ko'p narsalar juda qimmat, ammo O'zbekiston terma jamoasi biz uchun hamma narsadan qimmat edi. "Istasang shu falakdan oyni olib beraman", deyishadi-ku, istaganimizda JCHga ham borar edik, ammo sababini tushuntirdim.

Ushbu kundalikni Afg'oniston - Bangladesh o'yinini suratga olib yozyapman. Nuqul biron erda yozar ekansiz deysizmi, nima qilay endi vaqt tig'iz.

Sog' bo'lishga va ertaga saytga kirishga majbursiz, salomat bo'ling! Bugungi g'alabani har kim o'zicha kimgadir bag'ishlaydi, men esa uni sayt o'quvchilariga bag'ishlayman! Biz siz bilan, siz esa biz bilan! Hozircha xayr!




Mana qanday ishlash kerak




MOQ matbuot kotibi SHavkat Jalilov o'z savollariga javob olyapti


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика