So’nggi yangiliklar

23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  0 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  4 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  11 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  223 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9

FOTOMAQOLA. I love UZBEKISTAN Yangiliklar

FOTOMAQOLA. I love UZBEKISTAN

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Bugun O'zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichi, uchinchi turi doirasida o'zaro bellashadilar.

Bu jamoalarning Toshkentdagi so'nggi uchrashuvi 2015 yil 11 iyun kuni o'tkazilgan. O'sha bahs o'rtoqlik uchrashuvi maqomida o'tgan edi. Quyida ana o'sha o'yinni suratlar yordamida yodga olamiz.

O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston - Eron 0:1

11.06.2015. "Bunyodkor" stadioni.
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin.
Gol: Mehdi To'robiy (90)

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 3.SHavkat Mullajonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Aziz Haydarov (13.Lutfulla To'raev, 63), 8.Ikromjon Aliboev, 9.Odil Ahmedov (16.Fozil Musaev, 46), 11.Igor Sergeev (6.Bahodir Nasimov, 70), 14.SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 76), 15.Sardor Rashidov, 18.Zohir Qo'ziboev (17.Sanjar Tursunov, 44), 19.Vitaliy Denisov (22.Farruh Sayfiev, 46).

Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 21.Akbar To'raev, 4.SHohruh Gadoev, 6.Bahodir Nasimov, 10.Jasur Hasanov, 13.Lutfulla To'raev, 16.Fozil Musaev, 17.Sanjar Tursunov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Egor Krimec, 22.Farruh Sayfiev, 23.Akmal SHorahmedov.

Eron: 1.Alirizo Hagigi, 11.Voria, 3.Ehson Hajsafiy, 15. Pejman Muntazari, 5.Muhammad Husayni Xoni-Zodogon, 18. Said Izatulahiy, 14.Andranik Teymuryan, 7.Masud SHojai, 10.Vohid Amiri, 17.Taremi, 16. Rizo Guchanijod.

Zaxira: 12. Susha Makani, 22.Alirizo Biranvand, 9. Omid Ibrohimi, 19.Hoshim Begzohid, 20.Sardor Azmun, 21.Mehdi SHarifi, 23.Ramin Rizoin, 24.Milad Muhammadi, 4.Ezzatulloh Purga, 26.Mehdi Torabi, 8.Murtoza Puraliganji, 2.Husrav Haydariy, 30.Muhammadrizo Akbariy.

Ogohlantirishlar: Teymuryan (21), Mullajonov (43), Musaev (74)


Bugungi o'yin ham huddi o'tgan yilgidek  "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.


O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'sha bellashuvni asosiy tarkibda boshlaganlardan Zohir Qo'ziboev, SHavkat Mullajonov, SHuhrat Muhammadiev va Ikrom Aliboevlar bugungi kunda terma jamoadan joy olishmayapti.


Eron tarkibida esa faqatgina Pejman Muntazori va Muhammad Husayni bugungi o'yin qaydnomasida yo'q.


Forslarda o'shanda ham, hozir ham bosh murabbiy Karlush Keyrush. Bugungi o'yindan keyin uning kursisi qimirlab qolsa ne ajab.


Bizda esa hozir sarbon o'zgargan. Bugungi kunda Mirjalol Qosimov o'rnini Samvel Babayan egallagan.


Forslar etakchisi Masud SHojai to'pni bizning etakchimiz Odil Ahmedovdan olib qo'yolmay yugurmoqda.


Bir yil oldingi uchrashuvda o'ng qanot himoyasi SHuhrat Muhammadievga ishonib topshirilgan edi. Bugungi kunda esa bu joyni Islom To'xtaxo'jaev "egallab olgan".


Vuriya G'ofuriy jarima zarbasini amalga oshirmoqda.


Sardor Azmun Farruh Sayfievga qarshi. Azmun o'tgan yili endigina tanila boshlagan edi, bir yilda o'yinda ham, mashxurlik bobida ham juda katta o'sishga erishdi.


Ishonamizki, Anzur Ismoilov bugun ham mana shunday "uchadi".


Azmun unumli foydalanilmagan imkoniyatdan so'ng...


Azmunga Rossiya chempionati va ECHLda muxlislik qilaman, lekin buguncha mana shunday "o'tirib qolsa" hursand bo'laman.


Bu esa zaxiradan tushgan Mehdi To'robiy 90+3 daqiqada g'alaba to'pini kiritganidan keyin kadr.


I love UZBEKISTAN


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика