So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  3 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

Fotomaqola. Eron bilan o'yinni unutamiz, etiborni KXDRga qaratamiz Yangiliklar

Fotomaqola. Eron bilan o'yinni unutamiz, etiborni KXDRga qaratamiz

Bugun terma jamoamiz "Bunyodkor" stadioni qoshidagi maydonda mashg'ulot o'tkazdi.

Kechagi o'yinni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilar Odil Ahmedov, SHuhrat Muhammadiev, SHavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Ikrom Aliboev, Igor Sergeev, Sardor Rashidov bilan SHuhrat Maqsudov alohida shug'ullandi. Ular asosan o'yindan keyingi tiklanish jarayonini o'tkazishdi. Eronga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilardan faqatgina Vitaliy Denisov umumiy guruh bilan to'liq mashg'ulotlarda ishtirok etdi.


Zohir Qo'ziboev esa jarohati tufayli terma jamoa lagerini tark etgan. Uning o'rniga taklif etilgan Sanjar SHoahmedov umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Aziz Haydarov bugungi mashg'ulotlarni hech bir guruh bilan o'tkazmadi. Futbolchi Mirjalol Qosimov bilan kechagi o'yin haqida fikr almashib, maydon chetida o'tirdi. Umumiy guruh bilan esa odatdagidek Aleksandr Volkov ishladi. Volkov futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash ustida ish olib bordi. Mirjalol Qosimov umumiy guruhda shug'ullangan futbolchilarga boshchilik qildi. Unga bu borada Baxtiyor Ashurmatov ko'maklashdi.

Abdusattor Rahimov esa odatdagidek darvozabonlarimiz Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov hamda Akbar To'raev bilan ishladi. Nesterov kechagi o'yinda maydonga tushganiga qaramay avvaliga barcha kiperlar qatori birga shug'ullandi. Keyinchalik esa unga dam berildi.

Vitaliy Denisov kechagi o'yinda maydonga tushganiga qaramasdan umumiy guruh mashg'ulotda bilan bir xil ter to'kdi

Sanjar SHoahmedov bugundan boshlab terma jamoa lagerida paydo bo'ldi. Futbolchi ilk mashg'ulotda yomon ko'rinmadi. Sanjar yaratilgan imkoniyat foydalanib o'zini ko'rsatishi va terma jamoa safida bo'lishga loyiqligini isbotlashi lozim. Unga bu borada omad tilaymiz

Mirjalol Qosimov KXDRga qarshi o'yinga jamoani jiddiy tayyorlamoqda

Mashg'ulot payti quyosh ayni charaqlab turgan vaqt edi. Havo juda issiqligi bois futbolchilar tomoqlarini xo'llab turishdi

Eldor Suyunov jiddiy shshug'ullanmoqda. Keyingi o'yinda Qosimov balki aynan Suyunovga ishonch bildirishi mumkin. Suyunov jiddiy bahsga tayyor!?

Akbar To'raev ham har ikkala darvozabonlarimizga jiddiy raqobat qilishi tayin

SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi guruh: Rashidov, Mullajonov, Muhammadiev, Ismoilov, Ahmedov, Aliboev, Sergeev asosan yugurishdi va o'yindan keyingi tiklanish mashqlarini bajarishdi

Ahmedov KXDRga bilan bo'ladigan o'yin haqida o'ylayotgan bo'lsa ajab emas. Kechagi o'yindagi eng yaxshi futbolchimiz bo'lgan Aliboev esa tomoqni xo'llamoqda


Terma jamoamizning bugungi mashg'ulotidagi to'liq fotogalereyani quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Tolibjon Qosimov

SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика