So’nggi yangiliklar

11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  3 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  1 08:08Бугун финал!  7 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  14 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  9 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1

FOTOGALEREYA. "Nasaf" mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

FOTOGALEREYA. "Nasaf" mashg'ulot o'tkazdi

Qarshining "Nasaf" jamoasi ertaga OCHL doirasida "Al Ahli"ga qarshi bahs yuritadi.
Bugun "ajdarlar" Qarshi shahridagi "Markaziy stadionda o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi. 



Mashg'ulotlarda jami 24 nafar futbolchi ishtirok etdi.

Darvozabonlar - Eldorbek Suyunov, O'tkir Yusupov, Alibek Turopov, Azamat Ahmedov

Himoyachilar - Maqsud Karimov, Hamza Karimov, SHuhrat Muhammadiev, Botir Qoraev, Rok Roy, SHerzod Azamov.

Yarimhimoyachilar - Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, SHohruh Gadoev, Doniyor Narzullaev, Bahrom Abdurahimov,Akram Bahriddinov, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov.

Hujumchilar - Ilhom SHomurodov, Oleksandr Kablash, Kenja To'raev, Azamat Allaniyozov, Artur Gevorkyan, Farruh Sayfiev.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi mashg'ulotlarga boshchilik qilishdi. Dastavval futbolchilar to'p bilan ishlashdi. Bu borada SHuhrat Toshpo'latov futbolchilarni shug'ullantirdi. Keyinchalik jamoaning jismoniy tayyorgarliklari bo'yicha murabbiyi Ilnur Sibagatullin futbolchilarga jismoniy mashqlarni bajartirdi. 

Darvozabonlar bilan odatdagidek Denis Ivankov ishladi. 

So'ngra esa futbolchilar uchga bo'lingan holda o'zaro "kvadrat" o'ynashdi. Birinchi guruhga Ro'ziqul Berdiev bu borada ko'maklashdi. SHuhrat Toshpo'latov va Ilnur Sibagatullin ikkinchi va uchinchi guruhlar bilan ishlashdi. 


Mashg'ulotda asosiy etibor to'p bilan ishlashga qaratildi. 

Jarohatidan asta-sekin forig' bo'lib borayotgan Kenja To'raev hamda Azamat Allaniyozov yakka tartibda shug'ullanishdi. Andrey Bezborodov bu ikki hujumchi bilan birga ishladi.








Mehmonlar "Al Ahli" jamoasi esa o'zining o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini soat 19:00da o'tkazishi ko'zda tutilgan. Bu haqida sal keyinroq batafsil malumot beramiz.

Foto: Sardor Nurov.

SHahboz Beg'amov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика