So’nggi yangiliklar

12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:15"Барселона" Араухони трансферга қўйди  2 10:42Фабио Каннаваро – «Удинезе» бош мураббийи  1 10:2116:0 - Ўзбекистон кубоги тарихидаги энг йирик ҳисобми?  11 10:13«Барселона» иккита мураббийдан бири билан шартнома тузмоқчи  11 09:46«Ливерпуль» «отмен». Аморим музокара ўтказиш учун Лондонга учиб келди  1 09:20Акинфеев Файзуллаевга «Ахмат»га қарши учрашувдан сўнг кескин гапирган  32 08:52«Интер» «Милан»дан ўтиб кетди  9 08:27МЮнинг янги раҳбарларидан бири мухлисларга мурожаат билан чиқди  2 08:03Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистон ОТЖ сафидаги биринчи машғулотида нималар деди?  15 07:37Осиё кубоги. Бугун терма жамоамиз Вьетнамга қарши баҳс олиб боради  18 07:05U23 Осиё кубоги. Саудия Арабистони - Ироқ 1:2   0 07:00U23 Осиё кубоги. Япония - Корея Республикаси 0:1   0 06:55U23 Осиё кубоги. Таиланд - Тожикистон 0:1   0

Fotofakt. Buxoro sport majmuasi maydoni ayanchli ahvolda Yangiliklar

Fotofakt. Buxoro sport majmuasi maydoni ayanchli ahvolda

PFL bundan xavotirda.

O'zPFL Buxoro sport majmuasi maydoni yuzasidan o'z xavotirini bildirib o'tdi.

"2023 yilgi mavsumni Superligada o'tkazadigan "Buxoro" futbol klubi qishki transfer oynasi yakuniga 19 kun vaqt qolgan bo'lsa-da, o'z smetasini kelishish masalasida O'FA bilan aloqaga chiqqani yo'q. Buning o'rniga "Buxoro" qator yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi va Antaliyaga jo'nab ketdi. 

Liga mutaxassislari 26 yanvar kuni "Buxoro sport majmuasi" hamda klub qarorgohini o'rgandi. Katta majmua o'z faoliyatini davom ettirishi ko'plab buxorolik sport muxlislarini xursand qilgan bo'lsa-da, futbol nuqtai nazaridan bu erda maydon masalasiga professional yondashuv mavjud emas. Respublika bo'ylab sovuq havo harorati hukm surayotganidan kelib chiqib, qator futbol klublari o'z maydoni maysasi ustini maxsus qoplama bilan o'rab chiqishga ulgurgan. Ammo qayta foydalanishga topshirilganiga bir yil ham to'lmagan Buxoro sport majmuasida bu ish paysalga solingan. Oqibatda yana o'n yillar xizmat qilishi lozim bo'lgan maydon maysasi holatida salbiy tomonga o'zgarish mavjud. 



Liga o'tgan yilning 30 oktyabr sanasida O'zbekiston Kubogining final uchrashuvini aynan Buxoro shahrida tashkil etgandi. SHundan keyin 29 noyabr kuni Liga rasmiy sayti maydonlar masalasi yuzasidan katta material chop etdi. Bunda Buxorodagi markaziy maydon masalasiga ham to'xtalingan bo'lib, endilikda uni yaxshi holatda saqlash uchun nimalarga etibor qaratish lozim ekanligi borasida so'z borgan. Biroq "Buxoro" futbol klubi ham, "Buxoro sport majmuasi" ham katta ehtimol bilan bunga vaqt ajrata olmagan. 

SHundan kelib chiqib, Buxoro sport majmuasi parvarishi uchun ajratilishi lozim bo'lgan summa hamda maydon texnikasi uchun yo'naltirilishi lozim bo'lgan summa "Buxoro" futbol klubi smetasiga kiritilmagan taqdirda mazkur klub shartnomalari Liga tomonidan qabul qilinmaydi. SHuningdek, mazkur smetadan "Buxoro" futbol klubiga qarashli qarorgohni kapital tamirdan chiqarish masalasi ham o'rin olishi shart. O'z qarorgohi maydoni va uning moddiy texnik bazasi talabga mutlaqo javob bermaydigan futbol klubining xorij yig'inida ishtirok etishi hamda legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashi Liga so'nggi uch yildan buyon futbol klublariga qo'yib kelayotgan talabga mutlaqo mos kelmaydi. 



O'zbekiston Professional futbol ligasi Buxoro viloyati hokimligi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatidan klubdagi vaziyatga jiddiy etibor qaratishni so'raydi", – deyiladi O'zPFL xabarida.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика