So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Fotima Samura: FIFA va BMT – faqat futbol uchun Yangiliklar

Fotima Samura: FIFA va BMT – faqat futbol uchun

Teglar :  Fotima SamuraFIFA
Yaqinda FIFA kutilmagan ishga qo'l urdi - tashkilot bosh kotibi lavozimiga ayol kishi tayinlandi. Bu senegallik Fotima Samuradir.

Ushbu mutaxassis FIFAga kelguniga qadar BMTda ishlagan. O'tgan hafta FIFA rasmiy sayti mutasaddi xonim bilan suhbat uyushtirdi. Quyida ana shu intervyuni o'qishingiz mumkin.

- Uch nafar farzandingiz bor, ular futbol o'ynashadimi?

- O'g'illarim tennisni yaxshi ko'rishadi. Turmush o'rtog'im esa sobiq futbolchi. SHuningdek, o'tgan asrning 70-80-yillarida amakim va aka-ukalarim ham futbol o'ynashgan. 1987 yili erim bilan Franciyadan Senegalga qaytishimiz hamono uni mahalliy klublardan biriga prezident etib tayinlashdi. O'sha davrda Senegal futboli ancha qashshoq edi. Har shanba kuni futbolchilarning liboslarini olib, uyda yuvib berardim. Bazi paytlarda ularga ovqat tayyorlardim. Erim bilan uchrashuvlarga borardim, o'yinchilarni ruhan qo'llashga urinardim.

- O'zingizni yoqtirgan klubingiz bormi?

- Oldin oilamizda har birimizning o'z sevimli jamoamiz bo'lardi. Onam ikkovimizga Karl-Xaync Rummenige va Myunxenning Bavariya klubi yoqardi. U yaxshi o'yinchi bo'lgan, hozir ham yomon ko'rinmaydi. Otam va olti nafar aka-ukam biz tufayli uni umuman yoqtirishmasdi.

- Hozir ham futbol tomosha qilasizmi?

- Erim bilan deyarli barcha chempionatlarni kuzatamiz.

- Yurtingizda ayol kishining bunday muhim shaxs bo'lishiga ko'nikishmagan...

- Senegal xalqi ancha konservativ. Odatda, ayol kishi faqat erining aytganini qilishi kerak. Ammo mening turmush o'rtog'im umuman boshqa olam.

- Faoliyatingiz qachon boshlangan?

- 1987 yili Senegaldagi xalqaro firmada savdo agenti bo'lib ishlardim. Bu tashkilot turli o'g'itlarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanardi. SHu bois ham paxta ekiladigan ko'plab mamlakatlarga borishimga to'g'ri kelgan: Malidan tortib Beningacha, Kamerundan Burkina-Fasogacha, Franciyadan Venesuelagacha. Keyinroq bir franciyalik mutaxassis bilan uchrashdim. U meni Butunjahon oziq-ovqat dasturining Rimdagi logistika bo'limiga taklif qildi.

- Yoshligingizda o'qituvchi bo'lishni orzu qilgan ekansiz. FIFAdagi yangi lavozimingizda nimalarni o'rgatishga harakat qilasiz?

- FIFAga tashkilot qiyin holatga tushib qolgan paytda keldim. Moliyaviy mojarolar tufayli uning obro'siga putur etgandi. SHuningdek, FIFAning oddiy xodimlarida rahbarlarga ishonch uyg'otish kerak. CHunki ko'pchilik mutasaddilarning maoshlari miqdorini eshitib karaxt bo'lib qolishgandi. Qolaversa, hamkorlar bilan munosabatlarni ham unutmaslik lozim. O'ylaymanki, millionlar o'yini bu sayyoradagi har bir shaxsga etib boradi. Futbol - jahondagi eng ommaviy sport turi. U insonlarni birlashtirishi yoki ajratib yuborishi mumkin.

- FIFA Nizomida ijtimoiy integraciya va gender tenglik haqida yozilgan...

- Gender tenglik FIFA rahbariyatida keng muhokama qilinadigan mavzu bo'lib qoldi. Biz yuqori lavozimlarga iloji boricha ko'proq ayollarni jalb qilish haqida o'ylayapmiz.

- Ishlar qanday ketyapti?

- Ijroqo'mdagi ayollar sonini ko'rib ajablandim. Bu esa tashkilotdagi insonlar har qanday chegarani buzishga qodirligidan dalolatdir.

Yurtimda bir naql bor: Ayolni tarbiyalasang, butun bir xalqni tarbiyalashing mumkin. Ishonchim komilki, bundan barcha g'alaba qozonadi. Prezident Infantino ham ayollarni tashkilotning har qanday lavozimiga tayinlashga tayyorligini malum qildi.

- Futbol ayollarning huquq va imkoniyatlarini oshirishi mumkinmi?

- Futbol jahondagi eng foydali mobilizatordir. 1996 yili Liberiyada fuqarolar urushi bo'lgandi, tomonlar yomg'ir yoqqanda va futbol uchrashuvlari paytida janglarni to'xtatib turishgan.

- Antik davrda olimpiya o'yinlari bo'layotgan paytda jang qilish taqiqlangan...

- Ruandada ham shunday bo'lgan. Genociddan keyin 1994 yilda jang qilayotgan tomonlar BMT va FIFA dasturida ishtirok etishgan. Ular birgalikda futbol maydonini qurganlar. Aynan shu stadion tufayli tez orada urushayotgan tomonlar murosaga kelishgan.

- FIFAda ishlash uchun BMTdagi lavozimingizdan ketdingiz...


- BMTda faqat bir mamlakat bilan ishlay olardim. Endi butun jahonga yordam berishim mumkin. Menimcha, FIFA hamda BMT - faqat futbol uchun.

- FIFA oldingi obro'sini tiklashi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Kamida olti oy. CHunki qandaydir natijalarni ko'rsatish darkor. Demak, bu masala yuzasidan dekabr oyida gaplashamiz.

- Afrika futbolining kelajagi haqida qanday fikrdasiz?

- Qora qitada futbolni juda sevishadi. Afrika jahonning eng kuchli chempionatlariga o'yinchilar etkazib beradi. Franciya, Angliya va arab mamlakatlaridagi eng yaxshi futbolchilar afrikaliklardir.

- Afrika jamoasi qachon jahon chempioni bo'ladi?

- JCH-2002da Senegal milliy jamoasi ajoyib o'yin namoyish qilgandi. O'shanda chorak finalga qadar etib borganmiz. Nima uchun Rossiya yoki Qatarda bu natijamizni takrorlamasligimiz kerak?! 2002 yili Senegal terma jamoasi amaldagi jahon chempioni - Franciya termasini dog'da qoldirgan. SHunday ekan, o'sha jamoa biz uchun chempion.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика