Florentino Peres "Real" prezidenti vazifasini tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 13:14
"Real" prezidenti Florentino Peres o'z vazifasini tark etish haqida o'ylab qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" rahbariyati ushbu joyni egallaydigan o'rinbosar qidirmoqda. Bundan tashqari, o'rinbosar klub qoidalariga rioya qilib, "Santyago Bernabeu"dagi reknostrukciya ishlarini davom ettirishi kerak.

Florentino Peres 2000 yilda "Real" prezidentiga aylangan. O'shanda u Lorenso Sansni saylovlarda mag'lub etgan.

"Real" Peres davrida Ispaniya chempionati (2000/01, 2002/03, 2011/2012), Chempionlar ligasi (2001/02, 2013-14, 2015-16), klublar o'rtasidagi jahon chempionati (2014, 2016) g'olibiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS