Florentino Peres: "Evropa komissiyasining tekshiruvi – bu Ispaniya futboliga qarshi kampaniya"
20 dek 2013 11:55
Yangiliklar

Florentino Peres: "Evropa komissiyasining tekshiruvi – bu Ispaniya futboliga qarshi kampaniya"
"Real" prezidenti Florentino Peres Evropa komissiyasining Ispaniyaning 7 klubi davlat tomonidan moliyalashtirilgani borasidagi tekshiruvlarga o'z munosabatini bildirdi.
"Beylning sotib olinishiga "Bankia" bankining hech qanday aloqasi yo'q – futbolchi klubning shaxsiy pullari evaziga sotib olindi. Bu hujjatlar klubimizning barcha azolari uchun ochiq.
Ammo bazida Evropaga mish-mishlarni tarqatadiganlar ham chiqadi. Ayni paytda Ispaniya futboliga qarshi kampaniya ketmoqda.
Sports Village borasida ham shunday tekshiruv bo'lgandi, yakunda hech nima topa olishmagan va ish yopilgandi", – deydi Peres.
Evrokomissiya "Real", "Barselona", "Atletik", "Osasuna", "Valensiya", "Elche" va "Erkules" klublarini shubha qilmoqda. Agar bu ayblovlar aniq bo'lib chiqsa barcha pullar davlatga qaytarib beriladi.

Fikrlar