Florenci Ronaldu bilan janjal haqida: "U hamma narsaga haqqim bor deb o'ylayapti"
13 may 2019 13:18
Yangiliklar


Florenci Ronaldu bilan janjal haqida: "U hamma narsaga haqqim bor deb o'ylayapti"
"Roma" himoyachisi Alessandro Florenci "Yuventus"ga qarshi A Seriyaning 36-tur uchrashuvida (2:0) bo'lib o'tgan voqea haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida Turin klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "bo'rilar" himoyachisi Alessandro Florenci o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Og'zaki janjal paytida "keksa sinora" vakili raqibining bo'yi pastligini aytib, uning ustidan kuldi.
"Futbolchilar tibbiy yordam olishi uchun ikki marta to'pni maydondan chiqarib yubordik va Ronaldu ikki marta uchrashuvni davom ettirishga urindi. Birinchi bo'limda qarshi hujumga o'tishimiz mumkin edi, ammo tarbiyamiz tufayli o'yinni to'xtatdik.
Ronaldu - "Oltin to'p" egasi va hamma narsaga haqqim bor deb o'ylayapti" - deydi Florenci.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar