Flik “The Best-2020” haqida: “Ularning ikkisi ham o'z nominaciyalarida g'olib bo'ladi”
17 dek 2020 19:35
Yangiliklar


Flik “The Best-2020” haqida: “Ularning ikkisi ham o'z nominaciyalarida g'olib bo'ladi”
“Bavariya ustozi” Xans-Diter Flik bugun 23:00 onlayn tarzda bo'lib o'tadigan FIFA The Best-2020 mukofoti haqida gapirdi.
“Bir tomondan Levandovski maydonda juda muhim, ammo u ham jamoaning etakchilari qatorida hisoblanadi. Bu uning uchun haqiqatan juda muhimdir.
Noyer va Levandovski o'z nominaciyalarida g'olib bo'ladi, biz shuni kutmoqdamiz. Ikkala futbolchi ham bunga loyiqdir”, deydi Flik.
Levandovski bilan birga yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatiga Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kirgan.
Darvozabonlar uchligidan esa Noyer, Alisson Beker va Yan Oblak joy olgandi. SHuningdek, Flik ham Yurgen Klopp va Marselo Belsa bilan birga yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun davogarlar qatorida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar