Flik: “Hech kimni tanqid qilmoqchi emasman, biz baribir chempionlikka erishdik”
17 iyu 2020 09:37
Yangiliklar


Flik: “Hech kimni tanqid qilmoqchi emasman, biz baribir chempionlikka erishdik”
“Bavariya” ustozi navbatdagi chempionlikdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jamoaga olqishlaringiz! So'nggi o'yinlarni chindan ham juda yaxshi o'tkazdik. Bir nechta ajoyib o'yinlar bo'ldi. Kuchli ehtiros ham. Bu chempionatdagi harakatlarimiz uchun mantiqiy yakun. Hech kimni tanqid qilmoqchi emasman, biz baribir chempion bo'ldik. Bu erga kelganimdan beri rohat olyapman. Bizning futbolchilarimiz qoyilmaqom, ulardan mamnunmiz. “Bavariya”ning maqsadlari har doim buyuk. Hozircha biz ulardan birini bajardik, ammo bu ham katta qadam. Endigisi — mamlakat kubogi. CHempionlar Ligasi? Biz unga eng yaxshi formamizda etib borishimiz kerak. Ko'ramiz u qanday formatda o'tar ekan?”, — Flik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar