Flik: “Bavariya” o'z o'yinini ko'rsata olsa, finalda g'olib chiqishimiz mumkin”
23 avg 2020 09:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588291_original.jpg)
![](/upload/storage/588291_220.jpg)
Flik: “Bavariya” o'z o'yinini ko'rsata olsa, finalda g'olib chiqishimiz mumkin”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ECHL final bellashuvida PSJga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz o'zimizning barcha ijobiy jihatlarimizni ko'rsatib, o'z o'yinimizni o'ynashga harakat qilamiz. Agar buni uddasidan chiqa olsak, finalda g'olib chiqishimiz mumkin.
PSJ bu yilgi ECHLda atigi beshta gol o'tkazgan – bu turnirda qatnashgan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkich. Bu ularning himoya chizig'i, hujum chizig'i singari alo darajadada harakat qilayotganidan darak beradi. O'yinga ishlab chiqqan rejamiz bor va umid qilamanki, biz uni amalga oshira olamiz”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar