Flik: "Ajoyib o'yin bo'ldi, ikki tomon ham durangdan rozi bo'lishi kerak"
06 dek 2020 13:55
Yangiliklar


Flik: "Ajoyib o'yin bo'ldi, ikki tomon ham durangdan rozi bo'lishi kerak"
"Bavariya" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Leypcig" bilan o'yinda qayd etilgan 3:3 hisobidagi durang haqida gapirdi.
"Ikki tomon ham durangdan rozi bo'lishi kerak. Mag'lub bo'lmaganimiz juda muhim fakt bo'ldi. Ajoyib o'yin. Albatta, uchinchi gol urilgan vaziyatda Forsberg taqib ostida bo'lishi kerak. Tan olish kerak, "Leypcig" zo'r o'ynadi.
Bizda to'pni ushlab turish borasida muammolar kuzatildi. Jamol Musiala chiqib ketganidan keyin ishimiz osonlashdi, chunki u yaxshi ochilib, to'p so'rayotgandi. U 17 yoshida o'zini yaxshi ko'rsatmoqda", - dedi Flik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar