"Flamengo" Rojerio Senini ishdan bo'shatdi
10 iyu 2021 21:42
Yangiliklar
"Flamengo" Braziliya A Seriyasi yangi mavsumini yomon natijalar bilan boshladi.
SHu sababli klub rahbariyati bosh murabbiy Rojiero Seniga chiqish eshiklarini ko'rsatdi.
Braziliyalik sobiq posbon jamoada 2020 yilning noyabridan buyon ishlab kelayotgan edi. U 44 o'yinda "Flmengo"ni maydonga boshlab tushdi, o'rtacha har bir o'yinda 1,86 ochko to'pladi.
Endi jamoani vaqtinchalik "Flamengo" U-20 ustozi Maurisio Ferreyra de Souza boshqaradi.
Klub turnir jadvalida 12 ochko bilan 12-o'rinda turibdi.
Fikrlar