Firmino CHempionlar ligasi 1/4 finalida ingliz klubi bilan to'qnash kelmoqchi
08 mar 2018 12:28
Yangiliklar


Firmino CHempionlar ligasi 1/4 finalida ingliz klubi bilan to'qnash kelmoqchi
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino CHempionlar ligasi chorak final bosqichida ingliz jamoasiga qarshi o'ynashni istayotganini aytdi.
Oldinroq "qizillar" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Portu"ni mag'lub etib, turnirning 1/4 final bosqichiga yo'l olishdi.
"Biz ingliz klubiga to'qnash kelmoqchimiz, nega endi yo'q? So'nggi yillarda barcha ingliz jamoalarini mag'lub eta olishimizni ko'rsatdik. Ularga qarshi statistikamiz juda yaxshi. Ularni taslim eta olishimizni isbotladik, biroq har qanday holatda ham qura bizni qo'rqita olmaydi.
Bizga kim tushishidan havotir olmayapmiz, bu muhim emas. Ispaniyaning top-klubi tushsa ham qo'rqmaymiz. Kimdandir qo'rqishimiz kerak deb o'ylamayman" - deydi Firmino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar