"Fiorentina" Sarrining "Yuve"dagi vaziyatini kuzatmoqda. Klub uni taklif qilishga tayyor

Alisher
25 iyun 2020, 18:32
"Fiorentina" "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarrini kuzatmoqda.

Klub 61 yoshli mutaxassisni "Yuventus"dan iste'foga chiqargan taqdirda jamoaga taklif qilishga tayyor.

Sarrining "Yuventus"dagi ishlari joyida emas. Qayd etish kerakki, u muxlislarni ishontira olmayapti va klub Sarrining "Yuve"dagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.

Hozir "Fiorentina"da Juzeppe Yakini ishlamoqda. Jamoa A Seriyada 27 turdan so'ng 31 ochko jamg'argan holda 13-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia