"Fiorentina" himoyachisi London klubiga o'tishga yaqin
16 avg 2021 10:44
Yangiliklar
"Fiorentina" himoyachisi London klubiga o'tishga yaqin
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
23 yoshli o'yinchi uchun bosh davogar "Tottenxem" hisoblanadi. Serbiyalikning vakillari uzoq vaqt "Vest Xem" bilan muzokaralar o'tkazishdi, ammo "bolg'a urarlar" shaxsiy shartlar bo'yicha kelisha olishmadi. "Fiorentina" himoyachini 18 mln evroga sotishga tayyor. Uning shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.
Ayni damda "shporlar" bilan muzokaralar yakuniy jarayonda, futbolchining o'zi esa Londonga yo'l olishga rozilik bildirgan.
Milenkovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida A Seriya doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar