Finke: “Futbolchilarning o'zini tutishi juda yomon, natija esa – sharmandali”
19 iyu 2014 19:52
Yangiliklar
Finke: “Futbolchilarning o'zini tutishi juda yomon, natija esa – sharmandali”
Kamerun bosh murabbiyi Folker Finke shogirdlarining o'zini tutishi va ikki mag'lubiyati uchun tanqidlar ostida qoldi.
Xorvatiyaga qarshi o'yinda Aleks Song Mario Manjukichni tirsagi bilan urgani uchun maydondan chetlatildi, o'yin so'ngida Benua Assu-Ekotto va Benjamen Mukandjolar bir-birlari bilan kelisholmay qolishdi va ular o'rtasida kichik janjal kelib chiqdi.
“Bu yuz berayotgan voqealarning sababini topishimiz kerak, chunki futbolchilar o'zini juda yomon tutishmoqda. O'yin natijasi Kamerun uchun sharmandali. Agar biz qizil kartochka bergunga qadar ko'rsatgan o'yinimizni, uchrashuv so'ngigacha namoish etkanimizda, xorvatiyaliklar bunchalik o'zlariga ishonib o'ynashmasdi. Endi biz yotib uxlashimiz va o'yindan xulosa chiqarishimiz kerak”, – deydi mutaxassis.

Fikrlar