So’nggi yangiliklar

16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  0 16:30U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси – Ўзбекистон (матнли трансляция)  36 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11 15:53"Комо" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 15:37Зайниддин Тожиевнинг ўғли Беларусь клубида кўрикдан ўтмоқда  7 15:22"Фейеноорд" ван Персини жамоанинг янги бош мураббийи деб эълон қилди  3 14:48"Pink Ladies Cup 2025". Ўзбекистон 2-турда Иордания устидан ғалаба қозонди, вакилларимиз илк турда Корея Республикасига мағлуб бўлганди  0 14:28"Манчестер Юнайтед" ёзда Осимхен учун 75 млн евро тўлашга тайёр  3 14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  25 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  1 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  3 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5

Argentina Finalissimada Italiyani tor-mor etib, g'olib bo'ldi! Yangiliklar

Argentina Finalissimada Italiyani tor-mor etib, g'olib bo'ldi!

Evro-2020 va Amerika Kubogi g'oliblarining kuchini aniqlaydigan Finalissima yakunlandi!

Finalissima. Italiya - Argentina 0:3

Gollar: Lautaro Martines (Lionel Messi) 28', Anxel Di Mariya (Lautaro Martines) 45+1', Paulo Dibala 90+4'

Italiya: 21. Janluiji Donnarumma, 3. Jorjio Kellini (6. Manuel Laccari 46'), 19. Leonardo Bonuchchi, 13. Emerson Palmieri (23. Alessandro Bastoni 77'), 2. Jovanni Di Lorenco, 8. Jorjino, 18. Nikolo Barella, 12. Matteo Pessina (4. Leonardo Spinaccola 63'), 10. Federiko Bernardeski (5. Manuel Lokatelli 46'), 9. Andrea Belotti (17. Janluka Skamakka 46'), 22. Jakomo Raspadori. 

Zaxira: 14. Aleks Meret, 1. Alessio Krano, 7. Alessandro Florenci, 15. Franchesko Acherbi, 16. Brayan Kristante, 29. Lorenco Pellegrini, 11. Matteo Politano.

Argentina: 23. Emiliano Martines, 19. Nikolas Otamendi, 3. Nikolas Talyafiko, 13. Kristian Romero (6. Xerman Pesselya 85'), 11. Anxel Di Mariya (15. Nikolas Gonsales 90'), 7. Rodrigo De Paul (14. Eksekiel Palasios 75'), 18. Gvido Rodriges, 4. Nauel Molina, 10. Lionel Messi, 20. Jovani Lo CHelso (21. Paulo Dibala 90'), 22. Lautaro Martines (9. Xulian Alvares 85').

Zaxira: 12. Xeronimo Ruli, 1. Franko Armani, 16. Lisandro Martines, 2. Xuan Foyt, 8. Markos Akunya, 5. Aleksis Makalister, 17. Alexandro Gomes.

Ogohlantirishlar: Nikolas Otamendi 22', Leonardo Bonuchchi 39', Jovanni Di Lorenco 72', Nikolo Barella 77'


90+5. Uchrashuv yakunlandi! Argentina Finalissima sohibi bo'ldi!

Dibalaning o'zi hujumni boshladi, Messi davom ettirdi, to'p yana Pauloga etib keldi va u dastlabki zarbasidayoq gol urdi!

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dibala o'zining ilk zarbasidayoq gol urdi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Xulian Alvares Donnarummaning oldinga chiqib ketganini ko'rib uzoq masofadan zarba berdi, ammo italiyalik posbon to'pga birinchi bo'lib etib keldi.

83. O'yinning harorati juda yuqori, maydon "yonmoqda"!

81. Jovani Lo CHelso juda qulay imkoniyatga chiqib bordi, darvoza tomon zarba berdi, biroq italiyalik himoyachilar ushbu vaziyatni bartaraf eta olishdi.

78. Italiyalik futbolchilar raqiblariga nisbatan agressiv o'ynashni boshladi.

69. Nimalar bo'lyapti maydonda? Yana Messi! 25 metrlardan Leo aylantirib zarba berdi, Janluiji Donnarumma esa yana bir bor jamoasi joniga oro kirdi!

67. Yana Messi! CHamasi 27 metrlardan darvoza tomon yo'llangan zarbani Janluiji ushlab oldi.

65. Leo katta tezlikda oldinga o'tdi, o'zi jarima maydonchasiga ham kirib borib zarba berdi va yana Donnarumma to'pni qaytarib yubordi!

64. Messi o'ng qanotdan hujumga o'tdi, to'pni markazga uzatdi, Lautarodan o'tdi, ammo Lo CHelsoning bergan zarbasi noaniq ketdi.

62. Yana zarba, yana Di Mariya, yana Donnarumma! Messi to'pni burchakdan uzatdi, Anxel Di Mariya darvoza tomon ajoyib zarba berdi, Janluiji Donnarumma esa super seyv qilib xavfni bartaraf etdi!

60. ZARBA! Anxel Di Mariya to'pni chap oyog'iga to'g'rilab olib darvoza tomon zarba berdi, Donnarummadan ajoyib seyv!

59. Lokatellining darvoza tomon bergan zarbasi rikoshetga uchrab, darvozabonning qo'liga borib tushdi.

56. Donnarumma o'zi uzatib berilgan to'pni sal qolsa darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi. 

46. Italiya terma jamoasi bo'limni uch o'zgarish bilan boshladi. Xo'sh, endi o'yinda qanchalik bu narsa seziladi?

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

Argentina katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketdi, Lautaro to'pni Anxelga uzatdi, Di Mariya esa to'pni darvozabonning ustidan oshirib, gol urdi!

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Di Mariya hisobni ikkitaga oshirdi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

38. CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pga Belotti bosh bilan zarba bera olmadi.

31.Italiyaliklar yanada faollashdi.

Leo Messi jarima maydonchasiga kirib bordi, to'pni markazroqqa uzatdi, Lautaro Martines esa qulay vaziyatdan gol urib ketdi.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Argentina hisobni ochdi!

28. Messi o'ziga uzatib berilgan to'pni o'ng oyog'iga to'g'riladi va zarba berdi, yana darvozabon. 

26. Messi to'pni chap oyog'iga to'g'rilab olib darvoza tomon zarba berdi, to'pni Bonuchchi qaytarib yubordi.

24. Jakomo Raspadorining jarima zarbasidan yo'llagan to'pni jonli devorga tegib qaytib keldi, qaytgan to'pga yana bir bor zarba berildi, bu safar ham argentinalik himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.

21. Italiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Havolatib uzatib berilgan to'pga boshi bilan zarba bergan Andrea Belottining zarbasini argentinalik posbon ushlab oldi.

18. O'yin anchagina shiddatli o'tmoqda. Har ikki terma jamoa ham katta tezlikda qarshi hujumlarga o'tib ketishga intilishmoqda.

12. Jakomo Raspadorining erlatib bergan zarbasini Martines ushlab oldi.

7. Leoning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

6. Jarima zarbasi Italiya darvozasi tomon. To'p oldida Messi.

3. Uchrashuvning ilk daqiqalari italiyaliklar ustunligi ostida boshlandi.

1. O'yin boshlandi!

Uchrashuvdan avval Jorjio Kelliniga maxsus sovrin topshirildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Bugun g'olib jamoa ushbu kubokning egasiga aylanadi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика