So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Final uchrashuvidagi mag'lubiyat va kecha g'alaba qozonishimizga nima etishmadi? Yangiliklar

Final uchrashuvidagi mag'lubiyat va kecha g'alaba qozonishimizga nima etishmadi?

Xabaringiz bor, kecha "CAFA nations cup" musobaqasining final bahsi bo'lib o'tdi.

Final bahsi taqdirini Azmunning yagona goli hal qildi va Eron musobaqa g'olibiga aylandi. "Oq bo'rilar"ga zafar quchish uchun nima etishmadi? Kechagi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz.


Jamoalarning o'yindan avvalgi holati

O'zbekiston terma jamoasi "CAFA nations cup" guruh bosqichida uchta o'yin o'tkazdi va barcha o'yinlarda g'alabaga erishdi. Birinchi turda O'monni mag'lub etgan bo'lsak, ikkinchi va uchinchi turlarda qo'shnilarimiz Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalarini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdik va yuz foizlik natija bilan "A" guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. 

Eron terma jamoasi esa, "B" guruhidan joy olgandi va guruh bosqichida ikkita o'yin o'tkazdi. Dastlab Afg'oniston terma jamoasi yirik hisobda mag'lub etilgan bo'lsa (6-1), ikkinchi uchrashuvda mezbon Qirg'iziston terma jamoasi 5-1 hisobida mag'lub etildi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ushbu musobaqa davomida tarkibda ko'p rotaciya qilishini aytib o'tgan edi. O'zbekiston terma jamoasi musobaqa doirasida o'tkazgan 4ta uchrashuvida har xil tarkibda maydonga tushdi, final uchrashuvida esa asosiy tarkibimiz maydonda edi. Eronliklar ham asosiy tarkibni maydonga tashlashdi va barcha finalga tayyor edi.


Taktika va uslub

Final bahsida, terma jamoamiz raqib o'yiniga qarab uslub tanladi va 5-2-3 taktik sxemada o'yinni boshladi. Markaziy himoyadagi "uchlik" Nasrullaev, Eshmurodov, Abdullaev himoya chizig'iga javobgar bo'lishdi, terma jamoamiz hujumga o'tayotgan paytlarda Nasrullaev oldinga chiqib yarim himoyachi poziciyasida harakatlandi. Qanot himoyachilarimiz Farrux Sayfiev va Hojiakbar Alijonovlar o'z qanotlaridan hujumga yordam berishdi. Maydon markazida SHukurov va Xamrobekov kecha ancha ter to'kishdi. SHukurov ko'proq hujumchilarga vaziyat yaratish bilan band bo'lgan bo'lsa, Odil Xamrobekov raqibdan to'pni olib qo'yish bilan band bo'ldi. Vingerlarimiz Jaloliddin Masharipov va Oston O'runov o'z qanotlarida bosh-qosh bo'lishdi. Hujumchimiz Eldor SHomurodov uchrashuv davomida o'z poziciyasidan bir ortga qaytib "lojnaya devyatka" rolida ham o'ynadi, u ushbu harakatlari bilan qanotdagi Masharipov va O'runovlarga to'p etkazib berdi. Terma jamoamiz hujum uyushtirayotgan chog'ida "kreativlik" etishmayotgandek go'yo va kechagi uchrashuvda Iskanderovning maydonga tushmagani yaqqol sezildi. SHunga qaramay, futbolchilarimiz raqib darvozasi oldida bir nechta yaqqol golli vaziyatlar yaratishdi. Oston O'runov darvozabon bilan birga-bir chiqqan vaziyatda, eronlik golkiper hamyurtimizning zarbasini qaytargan bo'lsa, birinchi bo'limdagi SHomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegdi va qaytgan to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi, xolos. Umumiy qilib aytganda, kecha terma jamoamiz "adaptiv" yani raqibga moslashgan holda harakatlandi.


Statistika

O'zbekiston terma jamoasi kecha 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga 9 ta zarba yo'lladi. Ularning bor yo'g'i 4 tasi aniq bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi kechgan so'nggi rasmiy uchrashuvi 2017 yilga to'g'ri keladi. JCH-2018 saralish bosqichi doirasida bo'lib o'tgan o'sha bellashuvda, O'zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga bita ham aniq zarba bera olmagan edi. Eron ham bizning darvozamiz tomon 9 ta zarba berdi, ularda ham urinishlaring 4 tasi aniq chiqdi. To'p nazorati esa deyarli bir xil 53% vaqt mobaynida O'zbekiston terma jamoasi, 47% foiz mehmonlar to'pga egalik qildi. Statistikaga nazar solsak, ustunlik terma jamoamiz tomonida, lekin statistika natija qilib bermaydi. Eron bizni har doim yutib kelgan, bu yangilik emas. Eron bizdan har doim jismoniy tomonlama kuchli bo'lgan va ushbu jihat, har doim bizga pand berib keladi. Eron milliy chempionati jismoniy tomonlama juda kuchli va shu sabab milliy terma ham jismoniy holat bo'yicha Osiyoda eng kuchlilardan. Bizning terma jamoamizda esa har doim jismoniy holat zaif nuqta bo'lgan. Jismoniy holatimizni yaxshilamas ekanmiz, Eronga yutqazaveramiz.


Kamchiliklar

Kechagi uchrashuvda, murabbiylar shtabi o'zgarishlarni kech amalga oshirdi va ulardan samarasiz foydalandi. Tajriba etishmayotgani va futbolchilarning darajasidagi farq ham sezilib qoldi. Uchrashuvdagi asosiy muammomiz hujum chizig'idagi etishmagan "kreativlik" bo'ldi, menimcha.


Xulosa

Terma jamoamiz final bahsida yomon o'ynamadi. Raqib tarkibi kuchli, bizda esa bunday kuchli terma jamoalarga qarshi o'yinlarda tajribasi kamroq futbolchilar ham bor edi. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng, futbolchilarimiz bir oz sarosimaga tushib qolishdi. Bosh murabbiy yo'qligi ham futbolchilarga o'z tasirini o'tkazgani shubhasiz. Umumiy qilib aytganda, terma jamoamizga kechagi uchrashuvda tajriba etishmadi. Milliy terma jamoamiz ushbu musobaqada yomon ishtirok etmadi va uning o'yiniga baho berishimizga hali bor, asosiy imtihon - Osiyo Kubogi.


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика